Get Mystery Box with random crypto!

Alisher Eshbekov

Telegram kanalining logotibi eshbekovalisher — Alisher Eshbekov A
Telegram kanalining logotibi eshbekovalisher — Alisher Eshbekov
Kanal manzili: @eshbekovalisher
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 163
Kanalning ta’rifi

Oddiy insonman. Xato qilaman
Har kuni postlar bo'lmaydi!
@mentallyattractive - inglizchasi

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2022-12-21 15:48:46 Blog boshla

Balki fikrlaringni bo’lishging kelmas. Kim ham o’qirdi deb o’ylarsan. Mayli faqat bitta odam o’qisin. Kundalik sifatida ishlatarsan balki.

Hech kim o’qimasa ham aslida eng ko’p foydasi o’zingga bo’ladi. Yil, oylar o’tib fikrlashing qanday o’zgarganini ko’rasan.

O’zgarmasachi? Blog yuritgan har qanday odamniki o’zgaradi. Fikrlarini jamlab yozishni boshlash aqliy o’sishsiz bo’lmaydi.

Balki senga qiziq emasdir. Kengroq o’yla. Senga fikrlaring qiziq bo’lmasa — jamoang, oilang, do’stlaring, kelajakda esa farzand va nevaralaringga qiziq.

Yoshlikdagi barcha rasmlarimni o’sha yoshdagi 10-15 ta fikrlarim yozilgan qog’ozlarga tikka almashgan bo’lardim.

Otamni 20 yoshligidagi rasmi meni uncha hayratga solmagan. Lekin kundaliklarini bir necha marta o’qidim. Men tug’ilgach yozishni to’xtatgan ekanlar — vaqtlari kamayib ketgan. Har o’qiganimda ko’zimga yosh keladi.

O’zingga va atrofdigalarga qiladigan eng katta yaxshiliging ham shu. Rasmlaringni bo’lishishni to’xtat. Fikrlaringni bo’lish.

P.S.
Turmush qurishdan oldin rasmlarni almashgandan ko’ra, blog linklarini almashgan afzal. Odamning fikrlari uning rasmidan ko’ra 100 barobar ko’proq ma’lumot beradi.

@azizrakhimov_blog
89 viewsAlisher Eshbekov, 12:48
Ochish/sharhlash
2022-12-19 06:10:15 Baraka topkirlar bo'ldi qilsanglarchi bunaqa final ko'ramaganman, bunaqasi bo'lmagan deb odamni ichidan qizdirmasdan .
113 viewsAlisher Eshbekov, 03:10
Ochish/sharhlash
2022-12-13 07:49:52
"Hafta oxirini ChatGPT, MidJourney va boshqa sun'iy idrok mahsulotlari bilan vaqt o'tkazdim. Va ularni barchasini jamlagan holda ular bilan birgalikda bolalar uchun kitob yozdim"
Ammaar Reshi.

Xuddi hech narsa bo'lmaganday yuribmiz. Rasmdagi bola "robot" ga kitob yozdirib Amazonda sotayapti $8 dan. Bizda esa buni serverlari ishlamayapti . Gaz yo'q, elektr tarmog'i kayfiyatiga qarab yonib-o'chayapti oxirgi paytlar (avvaldan shunaqa o'zi). Deputat janoblari esa gaz-svetdan arz qilma qamataman deb qo'rqityapti.

Xo'p, gapning qisqasi yaqin kelajakda juda ko'p sohalar tranformatsiya bo'ladi. Yo'q bo'lib ketmasligi mumkin lekin umuman boshqa ko'nikmalar talab qiladi.

Bizda dronlar video olish uchun ishlatish mumkin emas (maxsus ruxsatsiz). Polshalik bizga o'xshagan bollarning startapi dronlarni qishloq xo'jaligida hosildorlikni oshirishda ishlatyapti
Photo credits: Rashev
@eshbekovalisher
161 viewsAlisher Eshbekov, edited  04:49
Ochish/sharhlash
2022-12-04 09:43:58
Жуда ўринли савол. Менинг теориям бўйича, бу аждодларимизнинг отга бўлган муносабати билан боғлиқ. Марказий Осиё ва Мўғулистон халқлари учун от ҳаётий эҳтиёж бўлган. Узоқни яқин қилган, юк ташиган, сут ва гўшт берган. Чавандоз бўлиш эр киши учун муҳим бўлган.

Ҳозир шу муносабат автомобилларга кўчган. Жамоат транспорти ўлик аҳволда бўлган вилоятларимизда айниқса машинасиз жуда қийин. Бирор ишсиз, ҳунари йўқ одам ҳам қарзга машина олволиб, тирикчилик қилиши, ўзини ўнглаб олиши мумкин. Машина бу нажот.

Bosco
152 viewsAlisher Eshbekov, edited  06:43
Ochish/sharhlash
2022-11-28 08:21:47
@gdgtashkent Qiziqib borib ko'rdikda bollar bilan!

Uber, Facebook (Meta), Microsoft ishalyotgan "aytishnik" akalar kelib taqdimot qilishdi.

Videodagi qora kostum shimdagi brat Osmondagi bolalarda chiqqan Darkhonbek (Dark). Ko'pchilik uxlab qolayotogan joyida uyg'otvordilar. Yaxshi speaker ekanlar .

DJ King Macarelladan ajoyib musiqiy kombinatsiya.

Devfest tadbir Diplomatiya universitetining biqinida joylashgan New Uzbekistan University da bo'ldi.

P.S: Rasmdagi daraxtni Diplomatchilar 3 yildan beri o'qib ko'rmabdi. Men payqab qoldim.
151 viewsAlisher Eshbekov, 05:21
Ochish/sharhlash