Get Mystery Box with random crypto!

To'y 2023-yildagi birinchi postimni to'y haqidagi videoni ula | Alisher Eshbekov

To'y

2023-yildagi birinchi postimni to'y haqidagi videoni ulashish bilan boshlayapman. Oxiri baxayr bo'lsin ish qilib)

Kontentda gap kattada. Oldin faqat inglizcha podcastlar eshitardim, videolar ko'rardim. Hali ham shunaqa. Lekin hozir o'zbek tilida ham qiziq loyihalar ko'payib qolgan. Unda ko'pincha bizning jamiyatimizga xos bo'lgan ba'zi muammolarni muhokama qilishadi va ularga qaysidir ma'noda yechim ham berishadi. Bir chimdim yumor qo'shilgan har qanaqa narsa "yeb" ketadi. Subyektivning to'y haqida qilgan videosida ham yumirdan juda maromiga yetkazib foydalanishibdi.

Bitta tanishimning yaqinda to'yi bo'lyapti. Bechora keraksiz udumlardan charchab ketgan shekilli ichidagi hamma dardlarni aytgan Subyektiv videosini boya guruhimizga tashlab yuboribdi. Sabr bersin!

Meni ham to'y borasida fikrlashim yaxshi ma'noda allaqachon zaharlangan edi. 200 kishilik vahimali to'y qilmayman. Moliyaviy holatimdan qat'iy nazar to'yimni eng yaqinlarim bilan o'zimga yoqqandek ixchamroq odatiy ssenariylarsiz o'tkazaman hudo hohlasa.

Hozirgi tengdoshlar boshlab beraylik kichikroq, birovlarga emas o'zimizga yoqadigan qilib to'y qilishni.

Umrimning yarimi o'zimning to'yimga,
Keyingi yarimi bollarimga!


#30kishiliktuylar