Get Mystery Box with random crypto!

Musiqa/ilm-fan, siyosat va ayollar. Yangiliklarda Eronda Mah | Alisher Eshbekov

Musiqa/ilm-fan, siyosat va ayollar.

Yangiliklarda Eronda Mahsa Aminining ro’molini “noto’g’ri” taqqanligi uchun ma’naviyat va ma'rifat politsiyasi (hazil emas) tomonidan ayovsiz kaltaklanganligi tufayli o’lgani va shundan keyin ayollar ommaviy chiqishlar qilishyapti deb eshitgan edim. Ammo bunga uncha chuqur kirmagan edim. Odatda negativ yangiliklardan qochishga harakat qilaman. Kimga ham yoqardi?!

Xullas Coldplayning Buenos Ayresdagi konsertidagi keng tarqalgan Baraye musiqasi haqida Firuz aka yozgan ekan. Musiqa juda ta’sirlantirdi. Hozir ham shuni eshitib postni yozayapman. Bu yerda faqat ro’mol masalasi emas shunchaki oddiy insoniy qadriyatlar yoxud huquqlar to’g’risida gap ketyapti. Bir hafta ichida Erondagi Sharif Texnologiyalar universiteti mintaqadagi eng katta ilm markazidan qon markaziga aylandi. Hammasi uzoq yillik repressiya sabab.

Qiziq savol: Nega? Siyosiy rejim. Shafqatni bilmaydi. Yagona shaxs manfaati ustun. Diniy niqob bilan shaxsning ideologiyasi singdiraladi. Chunki shaxsan men o’zim eslayman birinchi ma’muriyat davrida maktabda 5-6 sinflarda “Siz uchun ideal inson kim?” degan savol bo’lardi va 99% o’quvchi (men ham) prezidentimiz deb javob berar edi. Yurtimizning hurriyatga olib chiqqan inson deb tanishtirilgan edi.

Aslida hozir tashqi manbaalardan o’rganib shuni tushundimki bizga majoziy ma’noda mustaqillik osmondan tushib qolgan. Sovet hukumatining rejalashtirilgan iqtisodiyoti qulashi natijasida boshqaruv qo’ldan boy berilgan. Buyog’i “Kim oladiyo shuginani yo”. Ya’ni bir inson har qanday narsani misol uchun dinni ro’kach qilib o’z ideologiyasini singdirishi mumkin. Maqsad toki u o’lgunicha hamma uni “ilohiylashtirishi” va hokimiyatiga qarshi chiqmasligini ta’minlash.
@eshbekovalisher