Get Mystery Box with random crypto!

Sizning ta’limingiz olmagan kim bor, Siz-ku yuraklarda ilk ziy | YaET (yo'riqnomalar) 🇺🇿

Sizning ta’limingiz olmagan kim bor,
Siz-ku yuraklarda ilk ziyo yoqqan.
Olimmi, shoirmi va yo san’atkor,
Ilk bor sizga tomon ustoz deb boqqan.

Bitta harf dardida riyozat chekib,
Oqibat ko‘kka ham chiqolgan inson.
Ne ajab sizlarni bahtiyor etib,
O‘rnidan dast turib, bosh egsa shu on.

Buyuk Alisherbek lutf etgan misol,
Savod o‘rgatdingiz qancha ranj bilan.
Qoplab bo‘larmikan bu qarzni alxol,
Uzib bo‘larmikan yuzta ganj bilan.

Barcha ustozlarni "Ustoz va murabbiylar" kuni bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!