Get Mystery Box with random crypto!

​​ Insonlar o‘zlarini ishlari bilan shunchalik band bo‘lib ke | Erkinoff | Blog

​​ Insonlar o‘zlarini ishlari bilan shunchalik band bo‘lib ketdilarmi, ko‘p narsaga vaqt yetmayapti. Qisqa muddatli planlar qilishga odamlarda ko‘nikma hosil bo‘ldimi, yangi kasbga kirib kelish xohishida bo‘lganlar, o‘zgarishlarda juda qiynalishyapti.

100 soatlik mahorat metodikasi haqida gapirmoqchiman. Siz bir mahoratni boshlang‘ich o‘rganishingiz uchun 100 soat yetarli deb bilaman.

Keling, WordPressda sayt tuzishni 100 soatda o‘rganib olishingiz mumkin. Haftada 20 soatdan ajratib, 5 haftada yaxshi bir mahoratga ega bo‘lishingiz mumkin.
Haftasiga 15 soatdan ajratib 6 haftada boshlang‘ich grafik dizayn, smm, kopirayt mahoratlarini o‘rganib olishingiz mumkin.

Inson o‘zini ko‘p sohalarda sinashi kerak. Qaysi sohada o‘z ikigaini topsa, o‘sha sohada faoliyatini boshlashi kerak. Keling siz matematika bilan yaxshi kelishasiz, ma’lumotlar ilmi va mashinani o‘rganish muhandisligi o‘rganing.

100 soatlik mashg‘ulotdan keyin, 1000 soatlik mahorat oshirish, mustahkamlash maqsadini qo‘ying. 1000 soatlik qunt qilib o‘rganishingiz, sizga sohada boshlang‘ich ko‘nikmalar, va sohada bir yangi kategoriyaga o‘tishingizga sababchi bo‘ladi.
10000 ming soat haqida keyingi maqolamizda gaplashamiz…

Muallif: Muhammad Xalil