Get Mystery Box with random crypto!

ADABIYOTIMIZ ME’MORLARI - AZIZ ONA TILI VA ADABIYOTI O’QITUVC | ERKIN BOZOROV | RASMIY

ADABIYOTIMIZ ME’MORLARI - AZIZ ONA TILI VA ADABIYOTI O’QITUVCHILARI!

Necha kunki Vatanimizning turli nuqtalaridan, siz aziz ustozlardan menga ko’nglingizdagi ranj va alam aks etgan xabarlar kelmoqda.

Hozirda ijtimoiy tarmoqlarni titkilab Sizlarni ranjitgan, dilingizni og’ritgan holat, beqaror qarorlar bo’yicha ma’lumotlar olyapman.

“Adabiyot atomdan kuchli”, degandi Abdulla Qahhor bobo. Sizlar ana shunday qudratga ega kelajak adabiyoti vakillarining ilk uchqunlagan iqtidorini, qalbini kashf etasiz. Sizlar adabiyotimiz me’morlarisiz! Atom bombasi bilan hazillashib bo’lmaganidek, o’ylaymanki sizlarni ham ranjitishga aqli raso kishilarning jur’ati yetmaydi!

Maktabda Ona tili va Adabiyoti fanidan ustozim - MOHIGUL QILICHEVA ona tilimga va adabiyotga nisbatan qalbimga joylagan mehr va muhabbat uchun umrbod qarzdorligim, behad minnatdorligim kabi barchangizni oldingizda bosh egaman. Qalamu iqtidorim ojiz esada bor kuch va ijodiy imkoniyatimni Sizning manfaatingiz uchun safarbar etishni burchim deb bilaman.

Ona tilimizga, Adabiyotimizga va Siz aziz Ustozlarga cheksiz hurmat va mehr ila o’quvchingiz Erkin Bozorov.

#ustozlargaadolat