Get Mystery Box with random crypto!

“RASHKIM” Erkin VOHIDOVdan bir shingil. *** Erkin Vohidov… B | ERKIN BOZOROV | RASMIY

“RASHKIM”

Erkin VOHIDOVdan bir shingil.

***
Erkin Vohidov…
Bu ism men uchun katta ma’noga ega.
Beshinchi yoki oltinchi sinfda ona tili va adabiyot o’qituvchim Mohigul opa QILICHEVA shoir ijodidan ilk yod oldirgan she’rlari “Rashkim” va “Yoshligim” edi.

Ma’nosini tushunib tushunmay, lekin miriqib yod olganim, doska oldida turib aytib berganlarim esimda.

Otam esa tasodifan o’sha paytlar Erkin Vohidovning ikki tomlik she’r kitobini sovg’a qilganlar.

Ammamning kutubxonalarida she’r kitoblar ko’p edi. Shoirning yana bir saylanmasini o’sha yerdan topib, “uxlatib” ketganman. (Rozi bo’ling )

Erkin Vohidovning ijod ummoniga g’arq bo’lish o’shandan boshlangan.

Bolalikda dilga she’riyat cho’g’ini solgan mehribonlarimga rahmat.

———————————
Shoirimiz ijodiyotidan quyidagi telegram kanali orqali bahramand bo’ling:

https://t.me/Erkin_Vohidov