Get Mystery Box with random crypto!

Millionlar sarflaydigan jasadimiz kelajagi xaqida qisqacha: | Erkin blog

Millionlar sarflaydigan jasadimiz kelajagi xaqida qisqacha:


....Eshakqurtlar kenjamning jigarini, yuragini va kòksini ilma teshik qilib tashlaydi.
Òzlari jigarsiz bòlgani uchun xam ziyofatni mana shu matohdan boshlaydi.
Guras-guras odam keladi, marxumning xurmati osh yeb ketgani. Sòng xaftalik sòng 10 kunlik,sòng 40 sòng yil oshi....Xa, marxumning 1 yillik tantanasi eshakqurtlarning "suyak quridi" marosimi bilan tòģri kelib qoladi.

Qabrda òligini, tashqarida esa tirigini qaqshatgan eshakqurtlar qanday vaxshiy ekanligini bilsangiz edi.

-Guruch va gòshtni kòproq yenglar xaloyiq! -derdi uzun mòylovidan odam xidi anqib turgan bosh eshakqurt.-Biz xam zulmatda mehnat qilganimizga yarasha jasaddan baraka topaylik.....

Javlon Jovliyev ." Qòrqma"