Get Mystery Box with random crypto!

* * * ​​Menga ham o'rgating sog'inmaslikni, Sog'inch neligini | ❀KUNDALIK 🗒✍❀

* * *
​​Menga ham o'rgating sog'inmaslikni,
Sog'inch neligini bilmaydiganim.
Hijron dardi bilan og'rinmaslikni,
Ko'ngliga e'tiqod qilmaydiganim.

O'rgating dunyoda sevmaslik sirin,
Muhabbat tuyg'usin bilmaydiganim.
Oshig'in baxsh etsa otashin dilin,
Tosh kabi nazarga ilmaydiganim.

O'rgating hiyonat otliq dunyoda,
Qalbin olovlarga tashlamaslikni.
Shunda o'rganarman balki hayotda,
Tirik bo'la turib yashamaslikni...

@Erka_qizning_kundaligi