Get Mystery Box with random crypto!

O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yillik bayrami bi | ❀KUNDALIK 🗒✍❀

O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yillik bayrami bilan barchangizni muborakbod etamiz. Mustaqillikning shonli va zafarli yillarida xalqimiz qo'lga kiritgan yutuqlar son-sanoqsiz...va ularning har biri asrlarga tatigulikdir! Bularning bari betakror va yagona, jonajon O'zbekistonimizning buyuk kelajak yo'lidan sobitqadamlik bilan dadil odimlayotganidan darak beradi.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon bo'lsin. Vatanimiz farovonligi yo'lida ulkan marralar va yangi g'oyalar sari ilg'or qadam tashlaylik! Mustaqillik eng ulug', eng buyuk ne'mat. O'zbekiston Respublikasining 31 yillik to'yi barchangizga muborak bo'lsin!


KUNDALIK