Get Mystery Box with random crypto!

Circular reasoning fallacy E'tibor berasizlarmi, odamlarda ma | Sardor - Blog

Circular reasoning fallacy

E'tibor berasizlarmi, odamlarda mantiq degan narsa umuman yo'qolib bormoqda. Misol uchun, oddiy elementar fikrlarni ham ko'pchilik eplab asoslay olmayapti. Bunday vaziyatlarga ham tinib-tinchimas olimlar nom berishgan - "Doiraviy fikrlash xatoligi".

Doiraviy mulohazalar ko‘pincha: "A to‘g‘ri, chunki B to‘g‘ri; B to‘g‘ri, chunki A to‘g‘ri" ko'rinishida bo'ladi.

Masalan:
- Barcha baliqlar suvda yashaydi. Shunday ekan suvda yashovchi barcha narsalar baliq.
- Kitob o'qiganlarning barchasi olim bo'lavermaganidek, olimlarning hammasi ham kitob o'qimaydi.

Ba'zan bunday o'rnini alishtirib aytish to'g'ri bo'lishi ham mumkin. Lekin, uning qanchalik to'g'ri ekanligi, boshqa faktorlar bilan ham asoslanishi zarur. Ba'zida, shunday oddiy elmentar narsalarni bilmaydiganlarni ko'rsam asabim buziladi.

P.s: tepada keltirilgan 2 ta misolni yaxshilab mag'zini chaqing