Get Mystery Box with random crypto!

​​#Santexniklar Diqqatiga Plastik quvurlarni payvandlashdagi | EPA Company

​​#Santexniklar Diqqatiga

Plastik quvurlarni payvandlashdagi xatolar!

Zamonaviy ta'mirlash ishlarining aksariyat qismida plastik quvurlar qo'llaniladi. Ularning mashhurligi past narx va o'rnatish qulayligi bilan bog'liq. Plastik quvurlarni payvandlash uchun EPA dazmol to'plamini sotib olish kifoya. Ammo payvandlashning qulay va soddaligi bilan ozgina tajribaga ega bo'lmasangiz, jiddiy xato qilib quyishingiz mumkin.

Plastik quvurlarni payvandlash bilan bog'liq asosiy xato bu - noto'g'ri isitish vaqti. Agar quvur haddan tashqari qizib ketgan bo'lsa, u holda erib ketishi va quvur bo'shlig'ini torayishiga sababchi bo'ladi. Agar yetarlicha qizdirilmasa, u holda quvurlar ulanmasligi mumkin va bu joyda suv oqishi paydo bo'ladi. Isitish vaqti quvur diametriga bog'liq va ishdan oldin isitish vaqti jadvalini tekshirish juda muhimdir.

Ikkinchi eng keng tarqalgan xato - quvurlarni aylantirib bir biriga ulash. quvurlarni to'g'ri chiziqda ulanishi kerak. Bundan tashqari, dazmol ustidagi quvurni aylantirish ham kerak emas. Quvur qizdira boshlagan paytdan boshlab barcha harakatlar to'g'ri chiziqda bajarilishi kerakligini unutmang.

Isitilgan qismlarni ulashda, shuningdek, quvurni fittingga chuqurroq surish uchun juda ko'p kuch ishlatmaslik kerak. U ulanishning ishonchliligini oshirmaydi, lekin ichidagi quvur markazga egilib qolish xavfi katta bo'ladi. Bu holda, siz quvur bo'shlig'ini kamaytirasiz va o'tadigan suv miqdorini kamaytirib qo'yasiz.

Jadvalni mobil qurulmangizga saqlab oling.