Get Mystery Box with random crypto!

Yevropa tarixidagi eng issiq mavsum. Yevropalik iqlimshunosla | Eng Yoki Birinchi

Yevropa tarixidagi eng issiq mavsum.

Yevropalik iqlimshunoslar o‘tgan yoz natijalarini sarhisob qilishdi. Ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yoz fasli rekord darajadagi eng issiq yoz deb topilgan, qit’a asrlar davomidagi eng kuchli jazirama va qurg‘oqchilikdan aziyat chekib kelgan. 2022-yil yozi 2021-yil avgustida o‘rnatilgan avvalgi rekordni katta farq bilan ortda qoldirdi.

Shuningdek, 2022-yil o‘rmon yong‘inlari soni bo‘yicha rekord bo‘lgani xabar qilingan. Yanvar oyidan beri Yevropada deyarli 660 ming gektar o‘rmon yonib ketgan. Fransiyadagi yongʻinlar natijasida havo ifloslanishining eng yuqori darajasi muntazam kuzatuvlar boshlanganidan beri qayd etilgan. Dunyo miqyosida 2022-yil avgusti ham tarixdagi eng issiq deb tan olingan.

@engyokibirinchi — kanalini kuzatib boring!