Get Mystery Box with random crypto!

Avstraliyadagi eng chuqur g‘or. Tadqiqotchilar Avstraliyadagi | Eng Yoki Birinchi

Avstraliyadagi eng chuqur g‘or.

Tadqiqotchilar Avstraliyadagi eng chuqur g‘orni topdilar. Uning chuqurligi 401 metrni tashkil etadi. G‘or Avstraliyaning janubiy oroli Tasmaniyadagi Juni Florentine zonasida joylashgan. Unga SARS0-CoV-2 koronavirus shtammi sharafiga Delta Variant nomi berildi. Ilgari Niggli g‘ori Avstraliyadagi eng chuqur deb hisoblangan. Ammo, Delta to‘rt metr chuqurroq bo'lib chiqdi.

G‘orga bo'lajak tadqiqotchilarga zamonaviy voqealarni eslatish uchun g‘ayrioddiy nom berildi. Uning qismlariga pandemiya bilan bog'liq nomlar berilgan. Speleologlarning ta‘kidlashicha, g‘orga tushish juda qiyin bo‘lgan. Guruh a‘zolarining ta‘kidlashicha, Avstraliya g‘orlari hali ham yaxshi urganilmagan. Ularning taxminlariga ko‘ra, qit’ada ancha chuqurroq va kattaroq tizimlar mavjud. Biroq ular hali topilmagan.

@engyokibirinchi — kanalini kuzatib boring!