Get Mystery Box with random crypto!

Magistraturada o'qiydigan barcha xotin-qizlarning to'lov-kontr | English Teachers

Magistraturada o'qiydigan barcha xotin-qizlarning to'lov-kontrakt miqdorlari davlat byudjeti hisobidan qoplanadi

O'zAning (@uzauz) xabar berishicha, Prezidentning tegishli qaroriga ko'ra, bundan buyon davlat OTMlari magistraturasiga o'qishga kirgan barcha xotin-qizlarning to'lov-kontrakt miqdorlari davlat byudjeti mablag'lari hisobidan qoplanadi.

Bunda 2-bosqichga o'tgan xotin-qizlarning faqat 2-bosqichi uchun, shuningdek joriy yildan boshlab magistraturaga kiradigan barcha xotin-qizlarning to'liq o'qish davriga to'lov-kontraktlari qoplab beriladi.

Faqat bu yerda oddiy (bazaviy) kontrakt haqida gap ketmoqda. Tabaqalashtirilgan (super) kontrakt bilan kirgan xotin-qizlar super-kontraktini o'zi to'laydi.

@for_english_teachers