Get Mystery Box with random crypto!

So'zlarni osonroq yodlash bo'yicha #Technique5 Etimologiyani | Englishinfo.uz

So'zlarni osonroq yodlash bo'yicha
#Technique5

Etimologiyani o'rganish. Etimologiya so'zlarning kelib
chiqish tarixini o'rganuvchi fandir. U tufayli biz so'zning
qayerdan, qaysi tildagi qaysi so'zdan qachon kelib chiqqani
haqida ma'lumotga ega bo'lamiz.

Tan olib aytish kerakki, agar
bir so'z haqida shuncha ma'lumotga ega bo'la olsak, bu juda
katta yutuq bo'ladi. Misol uchun, "Rubicon" so'zining
etimologiyasi, ya'ni kelib chiqishi quyidagicha: "Rubicon"
iborasi asosan, qilinishi mumkin bo'lmagan narsalarni amalga
oshirish ma'nosini bildiradi. U tarixda Yuliy Sezarning bunga
huquqi bo'lmagan holda Rubikon daryosini kesib o'tgani va
shu tufayli Rim Senati bilan qarama qarshilikka duch kelganligi
bilan bog'liq."

Mazkur so'zni ushbu tarixiy voqeaga bog'lab
o'rgangan o'quvchi uni bir umrga eslab qolishi aniq.

E'tibor uchun hammaga rahmat. Hali yana keyingi technique larni ulashib boramiz. Kanalimizdan uzoqlashmang.

Do'stlarga ulashish esdan chiqmasin

@Necessary_Vocabularies