Get Mystery Box with random crypto!

​ Yuqorida biz soatlarni aytishni o'rgangan edik, ana shu mav | ENGLISH FOCUS🎯

Yuqorida biz soatlarni aytishni o'rgangan edik, ana shu mavzuni davom ettirib, soatni so'rashni o'rganamiz. Qani kettik!

Ingliz tilida soat necha ekanligini so'ramoqchi bo'lsak:

What time is it? deb savol beramiz.
Javob ham har doim "It is ..." deb boshlanadi.

Soatni aytayotganimizda birinchi necha daqiqa o'tganligi yoki qolganligi aytiladi, past va to so'zlaridan keyin soat aytiladi.
Agar soat aniq bitta son bo'lsa, o'sha sondan keyin "o'clock" qo'yiladi.

E.g: It is 2 o'clock now.
(Hozir soat 2 bo'ldi)

It is 35 minutes past 10
(Soat 10 dan 35 daqiqa o'tdi)

Yoki: It is 25 minutes to 11
(Soat 25 takam 11 bo'ldi)

Ammo ingliz tilida og'zaki nutqda soat juda qisqa qilib ifodalanishi ham mumkin.

E.g: 10:30 - It is ten thirty.

Vaqt bilan bog'liq bo'lgan qo'shimchalar:

At predlogi soatga nisbatan ishlatiladi.

E.g: at 10:00 - 10:00 da;
at night – tunda;
at half past eight – soat sakkiz yarimda.

ON predlogi hafta va oy kunlariga nisbatan ishlatiladi.

E.g: On May 13 – 13-mayda;
On Monday – dushanba kuni;
On Monday night – dushanba kuni tunda.

IN predlogi katta davrlar: oylar, fasllar, yillar va asrlarga nisbatan ishlatiladi.

E.g: In September – sentyabr oyida;
In spring – bahor faslida;
In 1988 – 1988-yilda;
In 16 century – XVI asrda.

@englishfocusuz