Get Mystery Box with random crypto!

Inson hayotida vaqtning o'rni juda katta, bizning butun kunimi | ENGLISH FOCUS🎯

Inson hayotida vaqtning o'rni juda katta, bizning butun kunimiz soatlardan iborat. Uyg'onishimizdan to uyquga ketgunimizga qadar soatga qarab ish ko'ramiz. Shunday ekan, keling, bugun ingliz tilida soatlarni aytishni o'rganamiz.

Ingliz tilida soat o'clock / hour deyiladi va kechqurungi 12 dan tushlik vaqti 12 ga qadar soat yoniga "am" (ante meridiem - kunning o'rtasidan oldin) qo'yiladi, tushlik vaqtidan kechqurungi 12 ga qadar esa "pm" (post meridiem - kunning o'rtasidan keyin) yoziladi.

E.g: It is 13:00 pm o'clock
It is 11:00 am o'clock

Endi esa siz bilan soatlarni aytishni o'rganamiz.

5:00 - five o'clock
5:01 - one minute past five
5:10 - ten minute past five

Biz ingliz tilida 15 daqiqa emas "quarter" - chorak deymiz.

5:15 - fifteen minutes past five
5:15 - quarter past five

Xuddi chorak singari, 30 daqiqani "half" - yarim deymiz.

5:30 - thirty minutes past five
5:30 - half past five

Biz nechadur daqiqa o'tganini ifodalash uchun "past" dan foydalangandik. Endi esa, nechadur daqiqa qoldi deyish uchun "to" dan foydalanamiz

5:40 - twenty minutes to six (6 ga 20 daqiqa qoldi)

5:45 - quarter to six (6 ga chorak qoldi)

5:47 - thirteen minutes to six (6 ga 13 daqiqa qoldi)

Ushbu ma'lumotlarni daftaringizga yozib, yod oling va ulardan kun davomida foydalaning. Do’stlaringiz bilan bo’lishishni unutmang!
@englishfocusuz