Get Mystery Box with random crypto!

Qanday qilib talaba bo'lganim haqida. Boshlanishi https://t.m | English E-Book Club

Qanday qilib talaba bo'lganim haqida.

Boshlanishi https://t.me/EnglishEBookClub/1905
Davomi...
Yangi Yildan keyin Toshkentga keldim. Matematika fanidan bir domlani topdik, u menga ofisida dars o'tardi. Birov kirib, birov chiqardi dars payti. Bir oycha qatnadim va bormay qo'ydim. Keyin boshqa repetitorni topdik, aniq eslolmaymanu, qaysidir domlaning ayoli o'tarkan uyida. Metro va avtobusda ancha yo'l bosib qatnay boshladim.
2004 yil edi, hali o'quv markazlari ham hozirgidek yomgírdan keyin chiqqan qo'ziqorindek ko'p emas edi. Katta xonaga kirib xontaxta yonida o'tirardim. Yoshi 50 dan oshgan ayol menga bir boshqa bola ishlagan katta Axborotnoma daftarni berdi.   -Shuerdagi misol yoki masalani yozasiz va ishlanishi ham berilgan, daftaringizga kochirasiz-deb chiqib ketardilar. 1-2 soatlarda menga tushlik ham olib kirib qolardilar. Men o'zimga o'hshagan tengdoshlar bilan fikr almashib o'qigim kelardi. Bir kuni yana shunday kochirib o'tirdim, tushlik yaqinlashyapti, xonada bir o'zim, sumkamni yigíb ketishga shaylandim. Kampir eshikdan kelib qoldi.
- Ha qaerga?-dedilar.
-Mazam bo'lmayapti.
-Mana bu shirqovoqni ichib oling dedilar.
-Yo'q men shirqovoq umrimda ichmaganman, boraqolay dedimda chiqib ketdim.
Shu bilan uerga qaytib bormadim. Navro'z bayrami arafasida otajonim Toshkentga keldilar. Mening vaziyatimni so'radilar. Men ikkinchi yil ham Moliyaga topshirib yiqilishni istamasdim. Otajonim mayli sen istaganingga topshir, Jahon Tillari Universitetiga topshirgin, o'zing qaror qilgin dedilar. Endi tarixni o'qish kerak. Do'stlarim 5 -sinfdan boshlab 11- sinfgacha tarix kitoblarini topib berishdi. Endi tarixni o'qirdim, o'qib uxlab qolardim. Hali ona tili ham turibdi. Ona tilidan repetitor topib berishdi, bir ayol uyida o'tarkan, ko'pchilik borisharkan, bir oy qatnadim. Maza qilib o'rgandim. Shu bilan 1- avgust imtihon kuni ham keldi.....