Get Mystery Box with random crypto!

Oliygohga kirish  imtihonlari natijalari chiqdi. Kimdir xafa, | English E-Book Club

Oliygohga kirish  imtihonlari natijalari chiqdi. Kimdir xafa, kimdir esa ettinchi osmonda. Kirganlarni tabriklayman.
Kirmaganlarga esa mening hikoyamni o'qib chiqishingizni tavsiya qilaman. Siz yolg'iz  emassiz va bu narsa  dunyoning ohiri emas. Bu ko'pchilikning boshidan o'tgan. Shaxsan mening ham. Men birinchi yili Moliya Institutiga topshirgan edim, kontraktga biroz etmay qolgandi. Maktabda eng a'lochilardan bo'lganligim uchun hech kim  bunday natijani kutmagan edi. Men o'yladim: hamma hayron qoladi, voy Zebo o'qishga kirmabdi, zo'r o'qirdiku, nimaga unday bo'libdi,nega  deb ich etimni eganman,  depressiyaga tushganman albatta. Sentaybr boshlangan,  hamma o'qish-ishga ketishgan men esa uyda, u paytlari internet qayoqda deysiz. 2- 3 ta kitob topib olib o'z ustimda ishlashni boshladim, ingliz tilidan 11 sinflarda faqat self study qilganman. Bir akamiz bor edi, bir kuni darvozadan kelib bir kitobni menga berib ketgan,TOEFL ya'ni IELTS ga o'hshagan  kitob, faqat muqovasi yo'q edi. Kitobdan dan qoida va mashqlarni qoldirmay daftarga ko'chirardim, bir xonada bir o'zim. Keyin menda bulimiya boshlandi. Bilasiz bir xillar siqilsa hech narsa emay quyadi,  ba'zilar  ko'p eb qo'yaveradi. Menda shu har yarim soatdan chiqib tarvuz,  non bilan ikra eb kelaverardim.
O'sha paytdagi bir rasmim bor semirib ketganman. Shunday qilib yangi yilgacha Samarqandda qoldim,qiyin davr bo'ldi. Davomi bor......