Get Mystery Box with random crypto!

​ Ingliz tilida telefon raqami qanday o'qiladi? Telefon raqa | INGLIZ TILI | ENGLISH TESTS | IELTS

Ingliz tilida telefon raqami qanday o'qiladi?

Telefon raqamini ingliz tilida aytishning qoidasi mavjud. O'zingizning yoki birovning raqamini aytishda telefon raqamining har bir soni alohida aytilishi kerak.

Masalan:

8163 — eight, one, six, three.
8163 — sakkiz, bir, olti, uch.

Nol quyidagicha talaffuz qilinadi:
[ ou ] yoki zero.

Birinchi va oxirgi ikkita bir xil raqam «double» (qo'shaloq), deb o'qiladi, masalan:

5573 — double five, seven, three;
6377 — six, three, double seven.

5573 — ikkita besh, yetti, uch;
6377 — olti, uch, ikkita yetti.

Agar ikki bir xil son toq kelsa, ular double deyilmaydi, balki ketma-ket alohida aytiladi:

5664 — five, six, six, four.
5664 — besh, olti, olti, to’rt

Shahar kodini o'z ichiga olgan telefon raqami aytilganida,kod raqamlari telefon raqamlaridan kichik pauza orqali ajratib aytiladi:

01 — 629 8495 — zero one… six, two, nine… eight, four, nine, five.
01 — 629 8495 — no’l, bir... olti, ikki, to’qqiz... sakkiz, to’rt, to’qqiz, besh

@Dangasa_English