Get Mystery Box with random crypto!

📜 English

Telegram kanalining logotibi english_no_1 — 📜 English E
Telegram kanalining logotibi english_no_1 — 📜 English
Kanal manzili: @english_no_1
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 43
Kanalning ta’rifi

🗣 Ingliz tilini mustaqil uyda o‘rganuvchilar uchun, Ajoyib “100% ENGLISH book” kitobini tavsiya etamiz!👇🤭
✅ LUG'AT YODLASH:👉 1soatda 150-320ta soz yodlaysiz📕
✅ GRAMATIKA:👉 Atiga 5 kun ichida o'rganish📌
✅SPEAKING:👉 Atiga 7 kun
@NurilloUmarAloqaBot

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2020-08-04 04:20:08 2. Ba'zi bir insonlarning diqqati yaxshi bo'lmagani hamda juda ko'p
ma'lumotni miya ushlab tura olmagani sabab, readingda turli xil haklar
qilishga harakat qilishadi. Oldin savolni o'qib, so'ng javobni matndan
qidirishadi, bu juda katta vaqtni olib qo'yadi va o'ta samarasiz ekanini
vaqtning o'zi isbotlab qo'ydi. Agar bu uslub sizga qulay bo'lsa, ishlab
ko'ravering, lekin uncha katta samara bera olmaydi. Sizga yanada
kuchliroq uslub taqdim etamiz. Avvalo bitta abzas o'qingda, uni
tushunib oling, so'ng savollarni ochib, toki birinchi abzas bo'yicha
savollar tugaguncha yeching, so'ng ikkinchi abzasni o'qib, unga oid
savollar tugaguncha yeching. Xuddi shu ko'rinishda butun boshli
matnni ishlab chiqing. Bu eng samarali uslub. Istasangiz, bitta abzas
emas, ikkita abzas o'qib, savollarga javob bering. Agar bu ham qulay
bo'lmasa 3 ta abzas o'qing, xullas o'zingizga qulayini tanlab oling. Bu uslubning afzalligi shundaki, miyamiz yangi olingan bitta abzaslik
ma'lumotni to'liq o'zida ushlab tura oladi va unga oid savollarga javob
berishga tayyor turadi. Ushbu uslub orqali 9 ballga chiqishingiz
mumkin;
48 viewsPeaky Blinder, 01:20
Ochish/sharhlash
2020-08-04 04:20:08 Hurmatli o'quvchilar...!!!!

Yuqoridagi IELTS 9 strategiyasida aytib o'tilgan diskni bu yerga joylashni deyarli iloji yo'q hajmi ham 6-7 Gigabayt atrofida. Diskni o'zi ham menda mavjud emas, uni faqatgina joyidan sotib olish mumkin. Narxi ham yetarlicha qimmat

Bularni o'qib menga nisbatan g'azabingiz oshgani aniq

Lekin men o'z o'quvchilarimni hafa bo'lishiga yoki ortiqcha mablag' sarlashiga yo'l qo'ymayman
Shuning uchun diskdagi barcha ma'lumotlar bo'lgan web sahifalarni joylayman va ushbu saytlardan siz IELTS materiallarini bepul yuklab olishingiz mumkin


IELTS material 1

IELTS material 2

IELTS material 3

Barcha materiallarni ushbu 3 ta link orqali yuklab olishingiz mumkin
46 viewsPeaky Blinder, 01:20
Ochish/sharhlash
2020-08-04 04:20:08 2. So'ng, disk ichidagi writing deb nomlangan papkani oching. U yerda
ikkita kitob bor: “Improve your IELTS writing skills” hamda
“Advantage writing skills”. Ushbu kitoblarni to'liq o'rganib, ulardagi
barcha mashqlarni bajarib chiqing. Ularning har birida 9 tadan unitlar
bor, demak 18 ta unit bajarishingizga to'g'ri keladi. Ular uncha qiyin emas, qolaversa qoidalarni to'liq hamda chiroyli tushuntirib berishgan.
Hech qancha o'tmay, to'liq ko'nikmalarni egallab olasiz;
45 viewsPeaky Blinder, 01:20
Ochish/sharhlash
2020-08-04 04:20:07 5. Bu uslub ham ancha samarali. Mohiyat shundan iboratki, siz audioni
eshitasiz, savollarga javob yozib chiqasiz. So'ng kimdir sizga tekshirib
beradi. Deylik, natija 40/30 chiqdi. Bu sizni qoniqtirmaydi. So'ng yana
boshqatdan shu audioni ishlab yana yechasiz. Yana kimdir tekshirib
beradi, endi natija 40/36 chiqdi. So'ng, yana audioni eshitasiz, toki
40dan 40 chiqmaguncha. Bu jarayonda, miyamiz o'zi qilayotgan xato
tushunib yeta boshlaydi, so'ng o'zida ko'nikma hosil qiladi. Bu uslub
ham ancha samarali, ayniqsa endi boshlayotganlar uchun.
42 viewsPeaky Blinder, 01:20
Ochish/sharhlash
2020-08-04 04:20:07 3. Yana bir uslub mavjud, u juda ham qiyin, lekin uddasidan chiqqan
inson bittada listeningini 7 barobar rivojlantirib yuborishi mumkin.
Audioni qo'yib olingda, diktor bilan birgalikda har bir gapini orqasidan
takrorlashga harakat qiling. To'g'ri boshida uncha o'xshamaydi, juda
tez gapirib yuborishi mumkin, lekin biroz vaqt o'tgach, diktor bilan bir xilda gapira boshlaysiz, bu sizda speaking hamda listeningni bittada
o'stirib yuboradi. Lekin bu uslub juda qiyin, shu sabab o'ylab ko'ring;
40 viewsPeaky Blinder, 01:20
Ochish/sharhlash
2020-08-04 04:20:07 1) С + H = CH (ch)chocolate (chokolit), chips (chips), children;

2) C + K = CK (k)clock (klok), black (blek), stock (stok), pocket (pokit);

3) S + H = SH (sh)shop, ship, shell;

4) T + H = TH:
a) *ð* – bu tovush faqat ikki unli orasida bo'lgandagina va so'z boshida
yordamchi olmoshlarda [ð] o'qiladi: wheather (uezar), leather (lezar),
feather (fezar), this (zis), that (zet), these (ziis), those (zous), then (zen),
than (zen), thus (zas), though (zou), the (ze), they (zey), their (zeya), them
(zem);

b) *θ* – qolgan hollarda: bath (bas), thunder (sande), thousand (sauzend);

5) G + H = GH – so'zlarda ko'pincha o'qilmaydi: though (zou), eight (yet),
thought (sot), bought (bot);
ba'zi hollarda esa *f* qilib o'qiladi: rough
(raf), tough (taf), enough (inaf), laugh (laf);

6) P + H = PH (f) – bu kabi tovushlar asosan tagi yunoncha bo'lgan so'zlarda
uchraydi: photo (foto), geography (jiogrefi), philosophy (filosofi),
physics (fiziks);


7) WHO (h) qilib o'qiladi faqat agar WH + O bo'lsagina: who (hu), whose
(huz), whom (hum), whole (houl);


8) Wh qolgan holatlarda (w) o'qiladi: when (uen), why (uay), where (ueya),
while (uayl);


9) Wr (r) – w o'qilmaydi: write (rayt), wrong (rong), wreck (rek);

10) K + N bo'lsa – k harfi o'qilmaydi: knit (nit) knight (nayt), knife
(nayf);


11) Q – harfi o'zi hech qachon sayohat qilmaydi, asosan unga “U” harfi
hamrohlik qiladi.
Agar Q + Uso'z boshida kelsa [kw] o'qiladi: queen
(kuin), quite (kuayt), quick (kuik);


12) Q + U + E – so'z oxirida kelsa, u holatda shunchaki *k* o'qiladi:
unique (yunik), cheque (chek), antique (antik).
39 viewsPeaky Blinder, 01:20
Ochish/sharhlash
2020-08-04 04:20:07 2. Biroq ba'zi insonlarda boshqacha usullar o'xshaydi. Ya'ni boshqa
insonlar boshqacharoq fikrlashadi, hamma har xil bo'lgach, aniq bitta
universal uslub yoki qoida mavjud emas. Shu bois, turli xil uslublarni
sizga taklif qilmoqdamiz. Agar sizga yuqoridagi uslub noqulay bo'lsa,
ushbu uslubdan foydalanishingiz mumkin. Savollarni o'qimagan
holatda, shunchaki o'tirib eshiting hamda jarayonni tasavvur qilib,
barcha ma'lumotni ushlab qolishga urinib ko'ring, so'ng savollarni
o'qib, ularga javob bering. Bu uncha samarali uslub emas, lekin ba'zi
insonlarga foyda keltiradi;
38 viewsPeaky Blinder, 01:20
Ochish/sharhlash
2020-08-04 04:20:07 Fonetika

Tilni o'rganishdan avval biroz fonetika haqida gaplashamiz. Harflar va
transkriptsiyani bilish tilni o'rganishda katta yengillik yaratib beradi.
Ochig'ini aytganda, quyida sizga Xalqaro ravishda qabul qilingan
transkriptsiyani taqdim etaman, ammo darslar davomida o'zimning
transkriptsion uslubimdan foydalanaman. Shunchaki, lug'at bilan
ishlaganingizda kerak bo'ladi, deb transkriptsiyani ham berib o'tyapman.

{}bu transkriptsiya;
: - bu belgi unli tovushlardan keyin qo'llanilganda, harflar cho'zib
o'qiladi.
35 viewsPeaky Blinder, 01:20
Ochish/sharhlash
2020-08-04 04:20:07 1) Who – insonlarga nisbatan ishlatiladi:

I am a student. I study at university. – Men talabaman. Men universitetda
o'qiyman.
I am a student who studies at university. – Men universitetda o'qiydigan
talabaman.



2) Where – joyga nisbatan ishlatiladi:

I live in Moscow. – Men Moskvada yashayman.
I found my wife in Moscow. – Men xotinimni Moskvada topganman.
I live in Moscow where I found my wife. – Men Moskvada yashayman,
qayerdaki men xotinimni topganman.



3) Whose – tegishlilik ma'nosida ishlatiladi:

I met a girl. – Men bir qiz bilan tanishdim.
The girl's parents are very rich. – Qizning ota-onasi juda boy.
I met a girl whose parents are very rich. – Men ota-onasi juda boy bo'lgan
qiz bilan tanishdim.



4) Which – narsalarga nisbatan:

I bought a car. – Men mashina sotib oldim.
The car is very modern. – Mashina juda zamonaviy ekan.
I bought a car which is very modern. – Men juda zamonaviy bo'lgan
mashina sotib oldim.



5) When – qachonki ma'nosida yoki vaqtga nisbatan:

I met my mother in the afternoon. – Men kunduzi onamni ko'rib qoldim.
In the afternoon my girl called me. – Kunduzgi vaqt qizim menga telefon
qildi.
I met my mother in the afternoon when my girl called me. – Men kunduzi
qizim menga telefon qilgan vaqtda onamni ko'rib qoldim.



6) Why – sababga nisbatan:

I was late for work. – Men ishimga kech qoldim.
The reason was getting up late. – Sababi kech turganim edi.
Getting up late was the reason why I was late for work. – Kech turganim
ishga kech qolganimning sababi edi.



7) That – universal hisoblanadi. U barchasini o'rnida kelishi mumkin:

I am a student that studies at university;
Getting up late was the reason that I was late for work;
I bought a car that is very modern.



8) What – bu ham deyarli universal qo'shimcha, faqat uning o'ziga
yarasha vazifalari bor. Nima hamda qanday ma'nosida keladi:


I know what he wants – Men u nima xohlayotganini bilaman;
He loves what he does – U qilayotgan ishini sevadi;
I know what color it is – Men u qanday rangdaligini bilaman.
41 viewsPeaky Blinder, 01:20
Ochish/sharhlash
2020-08-04 04:20:07 Complex object

Ushbu mavzu ham ko'plab insonlarni ancha muncha qiynab
qo'yadi. Aslida bu mavzu 3 daqiqaga yetmasdan tushunib o'rganib olsa
bo'ladi, aslida mavzu juda ham qisqa.

Pronounslarni eslang. Ulardagi 4chi guruh pronounslar bizga bunda
yordam beradi: me, you, him, her, it, us, them.

Ular biz ular bilan borishimizni xohlashmoqda – They want us to go
with them.


Formula juda ham oddiy: Pronouns 4 + to Verb/be

U mendan unga yordam berishimni xohlaydi – She wants me to help
her.
32 viewsPeaky Blinder, 01:20
Ochish/sharhlash