Get Mystery Box with random crypto!

1. Ko'pincha, xato shundan iborat bo'ladiki, Listening savolla | 📜 English

1. Ko'pincha, xato shundan iborat bo'ladiki, Listening savollarini o'qish
jarayonida, imtihon topshiruvchi eshitib tushunishga ham harakat
qiladi, ammo bu xato. Sababi, miyamiz bittada 2ta ish bilan
shug'ullanadigan bo'lsa, ikkisini ham chala qiladi, qolaversa
konsentrasiya joyida turmaydi. Shu bois, oldiniga savollarni o'qib
oling, so'ng ko'zingizni yumib, audioni eshitgancha, tushunishga
hamda bo'layotgan jarayonni tasavvur qilishga harakat qiling, so'ng
tekshirishga yoki javoblarni yozib olishga vaqt berganida siz tezda
javoblarni yozib chiqing. Bu uslubning qulayligi shundan iboratki,
savollarni o'qib olgach, miyangiz o'ziga zaprosni qabul qiladi, so'ng
audioni eshitish jarayonida xuddi Google kabi o'xshash ma'lumotlarni
ushlab qolishga harakat qiladi va ularni yig'ib oladi. Bu uslub juda ham
samarali;