Get Mystery Box with random crypto!

1. Qiyin Grammatik strukturalar yordamida gap tuzib gapirish, | 📜 English

1. Qiyin Grammatik strukturalar yordamida gap tuzib gapirish,
akademik so'zlardan foydalanish bo'yicha ko'nikma.


Ushbu ikki
ko'nikmani rivojlantirish uchun quyidagicha uslubdan foydalanishga
to'g'ri keladi. Ushbu 6ta mavzuga: 1) Perfect tenses, 2) Passive voice,
3) Gerund, 4) Infinitive, 5) Conditionals, 6) Relative clauses
– ushbu
6 talikni biz “Luck 6 formulasi” deb atay qolamiz. Ushbu 6 mavzuga
og'zaki ravishda 300 tadan gap tuzamiz. Ya'ni har biriga 300 tadan gap
tuzamiz, faqat sharti bor – og'zaki ravishda. Sababi, biz Speaking
chiqaryapmiz, Writing emas, Speakingda eng muhimi gapirish, agar
tilni ushbu mavzularda gapirtirishga o'rgatsak, qolgani oson bo'ladi.
Endi yana bir sharti bor. 5000talik lug'atda 891chi so'zdan “IELTS”
uchun kerakli bo'lgan akademik so'zlar boshlanadi
. O'sha so'zlar
qatnashgan holatda gaplar tuzamiz. Misol uchun, birinchi so'z “keen
so'zi bo'lsa, ushbu so'zga perfect zamonda gap tuzamiz. So'ng,
keyingi so'zga, ya'ni “abandon” so'ziga perfect zamonda gap tuzamiz.
Shu holatda, 1800ta gap tuzadigan bo'lsak, sizda juda ham kuchli
poydevor yaraladi;


2. Keng fikrlash.

Buning yagona yechimi – Ritorika mashqi. Kim
Ritorika mashqini bajarmagan bo'lsa, ushbu mashqni bajarsin;

3. Amaliyot.

Diskda alohida Cambridge IELTSlar berilgan 1dan
12gacha. Ushbu IELTS kitoblardagi barcha Speakingda tushadigan
savollariga javob berasiz. Buni qanday qilgan qulay? Bilasizki, har bir
testda 3 ta bo'lim bo'ladi. 3 ta bo'limning savoliga umumiy 15 daqiqa
davomida gapirishingiz shart, buni diktofonga yozib olasiz, so'ng
diktofondan eshitgan holatda, xatolaringizni aniqlaysiz. Xatolarni
tuzatib, yana boshqatdan gapirasiz. Xatolar qolmagach, keyingi testga
o'tasiz. 12ta Cambridge IELTS kitobida imtihon savollarini o'rtacha
4 ta deb olsak, sababi 8dan boshlab testlar soni ko'payib boradi. 48ta
test bo'ladi, 48 testni 15 daqiqaga ko'paytirsangiz, 720 daqiqa, ya'ni
12 soat bo'ladi. Agar ushbu algoritm bo'yicha to'liq hamda aniq
ishlasangiz, tez orada Speakingizda hech qanday xato chiqmaydi va u
maksimal rivojlangan bo'ladi. Keyinchalik, IELTSdan Mock imtihon
topshirish imkoniga ham ega bo'lasiz.
Qolaversa, aksent hamda
intonasiya bilan ishlash uchun Youtubedan videolar tomosha qiling.