Get Mystery Box with random crypto!

The Present Continuous Tense Anna avtomashinasida o'tiribdi. | ENGLISH TESTS 🔡 | ENGLISH QUIZZES 📝

The Present Continuous Tense

Anna avtomashinasida o'tiribdi. U ishga borayapti.

She is driving to work. - U ishga mashinada ketayapti.
Anna aynan hozir, yani so'zlashilayotgan vaqtda mashina haydayapti. Ish-harakat tamomlangani yo'q.

Present continuous tense nutq so'zlanib turgan paytda bajarilayotgan ish-harakatni, davom etayotgan biror voqea yoki hodisani tasvirlash uchun qo'llaniladi.

I am doing something = Men biror ish-harakat bajarayapman, ya'ni bajarish jarayonidaman. Men biror ish-harakatni boshlab, hali tamomlaganim yo'q.
Odatda ish-harakat so'zlashilayotgan vaqtda sodir bo'ladi:
• Please, don't make so much noise. I am working. - Iltimos, buncha ko'p shovqin q ilmang. Men ishlayapman. ("I work" emas)
• "Where's Margaret?" "She's having a bath." -"Margaret qayerda?" "U vanna qabul qilayapti". ("she has a bath" emas)
• Let's go out now. It isn't raining anymore. - Keling, tashqariga chiqamiz. Yomg'ir boshqa yog'mayapti
• (bazmda) Hello, Jane. Are you enjoying the party? - Salom, Jeyn. Bazmdan maza qilayapsanmi?

Lekin ish-harakat aynan so'zlashilayotgan vaqtda sodir bo'lmasligi ham mumkin. Masalan:
Tom va Anna kafeda suhbatlashayapti. Tom deydi:
"Hozir qiziq bir kitob o'qiyapman. O'qib bo'lganimdan keyin uni senga berib turaman."
Tom kitobni so'zlashilayotgan vaqtda, ya'ni Anna bilan kafeda o'tirib, o'qiyotgani yo'q. U kitob o'qishni boshlab, hali tamomlamaganini nazarda tutmoqda. U kitob o'qish jarayonida.
Yana bir qancha misollar:
• Catherine wants to work in Italy, so she is learning Italian. - Ketrin Italiyada ishlamoqchi, shuning uchun u italyan tilini o'rganayapti. (lekin u italyan tilini aynan so'zlashilayotgan vaqtda o'rganayotgan bo'lmasligi ham mumkin)
• Some friends of mine are building their own house. They hope it will be finished before next summer. - O'rtoqlarim uyini o'zlari qurishayapti. Ular uni kelasi yozgacha tamomlash umidida.

Present continuous hozirgi zamonga yaqin bo'lgan davr ichida (mas: today/this week/this evening va hkz) sodir bo'layotgan ish-harakat va o'zgarishlar haqida gapirilganda qo'llaniladi:
• "You’re working hard today." "Yes, I have a lot to”. - Bugun qattiq ishlayapsan." "Ha, qiladigan ishim ko'p". ("you work hard today" emas)
• "Is Susan working this week?" "No, she's on holiday." - "Syuzan bu hafta ishlayaptimi?" "Yo'q, u ta'tilda".
• The population of the world is rising very fast. - Yer aholisi juda tez o'sayapti. ("rises" emas)
• Is your English getting better? - Ingliz tiling yaxshilanayaptimi?

@English_grammar_quizes