Get Mystery Box with random crypto!

Dars #57 if only qatnashgan gaplar (noreal vaziyatlar uchun) | English grammar easy

Dars #57 if only qatnashgan gaplar (noreal vaziyatlar uchun)

Noreal vaziyatlarni wish qurilmasidan tashqari if only bog’lovchisi yordamida ham ifodalash mumkin. Bunda norozilik, shikoyat ma'nolari yanada kuchayadi.
Hozirgi zamon uchun qurilmasi:
If only+Ega+ Past Simple (yoki could)
If only he were here now! (Qaniydi u bu yerda boʻlsa!)
If only you could cook! (Qaniydi sen ovqat qila olsang)

O'tgan zamon uchun qurilmasi:
If only+Ega+ Past perfect simple (yoki could have +V3(ed)
If only I had saved some money! (Qaniydi, biroz pul yig'ib qoʻygan boʻlsaydim!)
If only I hadn't been so rude to her yesterday!

Hozirgi yoki kelajak zamonda birov biror ish bajarishini yoki biror narsa oʻzgarishini xohlasak, quyidagi qurilma qoʻllaniladi.
If only+Ega+ would+V1
If only you would bring that book! (Qaniydi anavi kitobni olib kelsang!)
If only you wouldn't drive so fast! (=you are driving very fast)

Mazkur holatlar hammasi haqiqatga teskari, hayoliy vaziyat bo'lgani uchun haqiqatda vaziyat boshqacha bo'lgan bo'ladi.
If only I hadn't been so rude to her yesterday! (Unga kecha qo'pol munosabatda bo'lmasaydim - lekin kecha uni hafa qilganman)



@ingiliz_tilida_s