Get Mystery Box with random crypto!

Grammar time O’rin-joy predloglari (prepositions of locatio | Ingliz tili 0 dan | Stay at home!

Grammar time

O’rin-joy predloglari (prepositions of location/place) ga asosan AT, IN va ON predloglari misol bo’la oladi. Bu predloglar narsa-buyum yoki shaxsning joylashuvini anglatadi. Har bir predlogni alohida ko’rib chiqamiz:

AT – “yonida” deb tarjima qilinadi. Ko’pincha o’zbek tilidagi “-da” qo’shimchasiga to’g’ri keladi. AT predlogi qatnashgan iboralarga e’tibor bering:

at the door – eshik yonida
at home – uyda
at the desk – parta yonida
at the lesson – darsda
at the window – deraza yonida
at the cinema – kinoteatrda
at the church – cherkov yonida
at the hotel – mehmonxonada
at the tree – daraxt yonida
at the bus-stop – avtobus bekatida

IN – “ichida” deb tarjima qilinadi. IN predlogi narsa-buyum yoki shaxsning joylashuvini biror narsaning ichida ekanligini bildiradi. IN predlogi bilan ifodalangan iboralarni diqqat bilan o’rganib chiqing va predlogning ishlatilishiga e’tibor bering:

in the box – quti ichida
in a magazine – jurnalda
in the hotel – mehmonxonada
in the room – xonada
in the newspaper – gazetada
in the book – kitobda
in Uzbekistan – O’zbekistonda
in my mouth – og’zimda
in the water – suvda
in the garden – bog’da

ON – “ustida” deb tarjima qilinadi. ON predlogi narsa-buyum yoki shaxsning yuzaga nisbatan joylashuvini bildiradi. “Yuzaga nisbatan” deyilganda, masalan, stol usti (yuzasi)da, devor (yuzasi)da, shift (yuzasi)da kabi joylashuvlar tushinilishi kerak. ON predlogi qatnashgan iboralarni o’qing:

on the table – stol ustida
on the roof – tomda
on horseback – otda
on a bus – avtobusda
on the left – chapda
on the carpet – gilamda
on page – sahifada
on the wall – devorda
on the ceiling – shiftda
on the way – yo’lda

#grammar
#vocabulary

@English_from_0