Get Mystery Box with random crypto!

'Men, Bas qil, ey nafs!' (by Fotih Duman) Ushbu kitob nafs ha | English Books – Inglizcha Kitoblar

"Men, Bas qil, ey nafs!"
(by Fotih Duman)

Ushbu kitob nafs haqida, uni qanday qilib qo'lga olish mumkinligini Aziz Mahmud Xudoiy misolida tushuntirib bergan. Kitob, undagi voqealar shu qadar qiziqligidan 300 betli kitobni bir kunda o'qib tugatibman. Kitobxonni fikr qilishga undovchi, juda boshqacha kitob ekan...

* Qadimda yashagan odamlarning tilida dunyo degan narsa faqat mol-dunyodan iborat emas edi. Dunyo - nafs degani, hirs, orzu-havas, kibr, shahvat, gina-kudurat, nafrat degani edi... Ular uchun bu dunyoda yashash emas, balki undan qutulib, omon qolish muhim bo'lgan. Bizning zamonimizda esa dunyoga ega bo'lish eng oliy maqsad bo'lib qoldi. Avvalgi insonlar yashashni majburiyat deb bilishgan, biz esa dunyoni zarurat deb hisoblayapmiz. Tilimizda "Hayot faqatgina bu dunyodan iborat emas", deymiz, lekin yashashimiz, xatti-haraktimiz xuddi bu dunyoda abadiy qoladigan odamnikidek.

* Bu dunyodagi insonlar uyqusida yurib chiquvchilar kabidir. Ular uyqularida yotoqlaridan chiqadilar, u yoqdan bu yoqqa yuradilar, ammo o'z harakatlaridan bexabar, g'ofildir.


Ushbu kitobdan olgan insight'larim, quote'larim bitta postga sig'masdi, shu sabab Telegraphda berishga qaror qildim. Quyidagi INSTANT VIEW tugmasini bosib, batafsil o'qishingiz mumkin.

Bu kitobni har bir nafsini yengmoqchi, iymonini mustahkamlamoqchi bo'lgan kishi o'qishi kerak deb hisoblayman. Zero bu kitob aynan siz uchun yozilgandir?

@shaxzodtorayev