Get Mystery Box with random crypto!

WHAT IS MULTILEVEL TEST? 2022-yilning mart oyidan o'tkaziladi | English Books – Inglizcha Kitoblar

WHAT IS MULTILEVEL TEST?

2022-yilning mart oyidan o'tkaziladigan daraja aniqlash testlarida (CEFR) bir qator o'zgarishlar bo'ldi. Ulardan biri testlarning multi-level shaklida ham o'tkazilishi bo'ldi. Ho'sh, multi-level qanday test? Va uning oddiy daraja aniqlash testidan qanday farqi bor? Multi-level (ko'p darajali) testi DTM tomonidan tashkil qilinib, test topshiruvchi aynan bitta darajani tanlashi shart bo'lmaydi. Huddi IELTS singari, bilimi qaysi darajaga yetsa shu daraja beriladi. Ya'ni siz natijangizga qarab C1, B2, B1 yoki B1 dan past darajani qo'lga kiritishingiz mumkin.

Ushbu test 4ta bo'limdan iborat:
Listening uchun 35ta savol va jami 45 daqiqa ajratilgan.
Reading uchun 35ta savol va umumiy 60 daqiqa ajratilgan.
Writing uchun 2ta vazifa (Insho va xat) umumiy 60 daqiqa ajratilgan.
Speaking uchun 12ta savol va umumiy 15 daqiqa ajratilgan.

Baholash mezoni qanday?
Afsuski, baholash mezoni bitta qolipga tushmaydi. Chunki har bir savolga beriladigan ball uning qiyinlik darajasiga bog'liq. Lekin shuni aytishimiz mumkinki, 4ta bo'limdan ham olingan ballar yig'ilib 4 ga bo'linadi va umumiy natija hisoblanadi.
Bunda Listening va Readingdan qo'lga kiritish mumkin bo'lgan maksimal ball 100 balldan Writing va Speakingda esa 72 balldan. 100+100+72+72 = 344 ball / 4 = 86. Maskimal yig'ish mumkin bo'lgan ball 86 ball.

Quyidagi ballar uchun quyidagi darajalar beriladi:
C1 = 65+
B2 = 51-64
B1 = 38-50
B1 dan quyi = 37 va undan past

To'lovi qancha va qayerda topshiriladi?
- Narxi Bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari.
- Ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam uchun belgilangan miqdordan 50% chegirma.
- Akademik litseylarning 2-bosqich o'quvchilari uchun BEPUL (1-marta)
- Ariza topshirish my.gov.uz sayti orqali

C1 darajasi uchun imtiyozlar:
1. Ingliz tili o'qituvchilari uchun 50 foiz ustama
2. Ingliz tili o'qituvchilari uchun toifa imtihonlarida maksimal ball
3. Filologiya yo'nalishi magistratura abituriyentlariga maksimall ball
4. Nofilologik yo'nalish magistarura abituriyentlariga maskimall ball
5. Bakalavr uchun abituriyentlarga ingliz tilidan maksimall ball

B2 darajasi uchun imtiyozlar:
1. Nofilologik yo'nalish magistarura abituriyentlariga maskimall ball
2. Bakalavr uchun abituriyentlarga ingliz tilidan maksimall ball

Test formati bilan batafsil tanishish uchun pastdagi tugmani bosing: INSTANT VIEW

@shaxzodtorayev | English Blog