Get Mystery Box with random crypto!

Bugun eng sevimli 2022-yilning songi kuni 31-dekabr, shanba. | Robbingni Unutma

Bugun eng sevimli 2022-yilning songi kuni 31-dekabr, shanba.
Shu bir yil ichida nimalarga erishdim. Oʻqishga kirdim. Garchi med institutga bolmasa ham. Lekin shunisiga ham Allohimga shukur deyman. Oʻqish davrida qanchalik qiynaldim nimalar qildim buni faqat oʻzim va Allohim biladi. Bir yil ichida Alloh taolo ancha narsalarni koʻrsatdi. Gohida yaxshi, gohida yomon kunlar boʻldi. Allohning qalbimga solgan iymoni tufayli namoz oʻqishni boshladim. Ota-onam bu yil ham men bilan birga boʻlishdilar (Allohga shukur). Bu yil eng yaqin insonlarim soni ham kamaydi. Bu yil Islomga eng yaqin boʻlgan davrim boʻldi. Kimlarni koʻrdim, xayolga kemagan insonlar bilan tanishdim, umuman notanish yerlarga bordim. Koʻngil berdim, doʻst tutindim, sevdim. Yangi narsalar oʻrgandim. Otamni ham dehqonchiligi yaxshi boʻldi. Ukam ham singlim ham men ham bu yil imtihon topshirib katta oʻqishlarga kirdik. Qiynalgan kunlarim ham boʻldi. Alhamdulillah hammasi yaxshi mana. Barchasi uchun olamlarni yaratgan Allohimga shukurlar aytaman va Alloh taolodan keyingi yilni ham bu yilgidanda yaxshiroq qilishini soʻrab duo qilaman. Keyingi yilga rejalar juda koʻp. In Shaa Alloh hammasiga erishaman...