Get Mystery Box with random crypto!

Muhabbat bu - Rasululloh sollallohu alayhi va sallam vafotlari | Robbingni Unutma

Muhabbat bu - Rasululloh
sollallohu alayhi va sallam vafotlaridan keyin azon aytishni toʻxtatgan Biloldir.
Muhabbat bu - Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning vafotlaridan keyin Madinada yasholmay, uni tark etgan Biloldir.
Muhabbat bu - Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning qabrlarini uzoq vaqt ziyorat qilmagani uchun tushida Paygʻambar alayhissalomni koʻrgan va: Bu qanday jafo boʻldi, ey Bilol degan soʻzlarini eshitib uygʻongach, yigʻlab Paygʻambar ziyoratlariga joʻnagan Biloldir.
Muhabbat bu - tunda Madinaga kelib, Hasan va Husayn roziyallohu anhumolarni izlab topib, ulardan bomdod azoniga izn soʻragan Biloldir. Oʻshanda azonni eshitgan Madina yigʻidan larzaga kelgandi. Madina mana shunday hayajonli onlarga hech qachon guvoh boʻlmadi.


Toshni ham eritib yuboruvchi, azonni eshtganingizda, tuni uyqusizlik bilan azonni kutardingiz...
Bomdodga uxlab qolib, qazo oʻqiydiganlarga uzur ham qolmadi...
Benamozlarni aytmasak ham boʻladi...