Get Mystery Box with random crypto!

*** Men darveshman deganlarga Ushbu yo‘lda or kerakmas. Darve | Yunus Emro

***

Men darveshman deganlarga
Ushbu yo‘lda or kerakmas.
Darvesh bo‘lgan kishilarning
Ko‘ngli kengdir, tor kerakmas.

Darvesh ko‘ngilsiz kerakdir,
Eshikda tilsiz kerakdir.
Tayoqqa qo‘lsiz kerakdir,
Xalqqa barobar kerakmas.

Xalqqa o‘xshatmagay ishin,
Ko‘ngildan surar tashvishin.
Yuz mingi birdir darveshning,
Orada ag‘yor kerakmas.

Agar darvesh esang, darvesh,
Jumla olam senga bilish.
Fozillik xulqingga tegish,
Orada ag‘yor kerakmas.

Darvesh bo‘lgan kishilarning
Miskinlikdir sarmoyasi.
Bizga miskinlikdan o‘zga
Qolu mulku sharr kerakmas.

Er qo‘lini olgan esang,
Erga ko‘ngil bergan esang,
Iqror ila kelgan esang,
Bas, erga inkor kerakmas.

Yunus, sen ko‘rding bir erni,
Bir deb bil, orttirma birni.
Shudir, budir debon uni,
Etma toru mor, kerakmas.

@Emro_Yunus