Get Mystery Box with random crypto!

Elyor Eshboev

Telegram kanalining logotibi elyoreshboev — Elyor Eshboev E
Telegram kanalining logotibi elyoreshboev — Elyor Eshboev
Kanal manzili: @elyoreshboev
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 10
Kanalning ta’rifi

Elyorbek Eshboev
Instagram.com/elyor_eshboev

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-12-28 19:01:39 O'zbek jurnalistikasi va blogosferasida kechayotgan nosog'lom bir jarayon jurnalist sifatida meni xavotirga solmoqda.

Xavotirimki, bu jarayonning oxiri ikki sohani ham jamiyatning butkul ishonchsizligi, umidsizligi bilan yuzlashtiradi.

Jurnalist va blogerlarning hokimiyat organlariga pul evaziga sotilayotgani yoki pul evaziga tanqid qilmaslikka ko'nishi.

Afsuski, odamlar bugun korrupsiya bilan keskin kurashiga umid bog'layotgan hukumatning o'zi va to'rtinchi hokimiyatning ayrim vakillari bu illatni ochiq faoliyat shakliga aylantirib olgan.

Bu yerda gap shunchaki jurnalistik yoki pulli kontentning aniq ajratib olinmagani haqida emas.

Gap o'zbek jurnalistikasi va blogosferasining hukumat bilan aloqalari ochiq oydin korrupsiyaga botib borayotgani haqida. Ya'ni hukumat (eng yuqori organlar ham) tanqid qilmaslik evaziga jurnalist, blogerni sotib olyapti, jurnalist va blogerlar esa pul evaziga asl vazifasini esdan chiqarib, sohani boyish vositasiga aylantirib bormoqda.

Hukumat va ayrim jurnalist, blogerlar o'zi vazifasini unutib, korrupsiyani kasb qilar ekan, bundan uyalmas ekan, bu o'rinda Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi hukumat va OAV munosabatlarini aniq, qat'iy belgilaydigan mezonlarni ishlab chiqishi kerak.

Balki Axborot kodeksi loyihasida bu normalar eng kichik detallarigacha aks etishi kerakdir.

Ha do'stlar, qanday og'ir bo'lmasin, mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurash OAV va hukumat munosabatlaridan boshlanishi kerakka o'xshayapti. Vaziyat juda og'ir.

P.S. Ayni shu post yozilayotgan kunlarda ham qator jurnalist va blogerlarning hukumat organlari tashkil qilgan banketlarga taklifnoma olganiga ishonaman.
2 viewsElyorbekk, edited  16:01
Ochish/sharhlash
2022-12-28 17:39:55
"Dok-1 Maks" dorisi sababli o‘lgan bolalar soni 19ta bo‘ldi. Bu faqatgina rasmiy ma'lumot. Aslida nechta, siz tahmin qiling.

Bolalarning aybi nima edi?
Aybi O‘zbekistonda tug‘ilganimi?

Lekin... Lekin, Tibbiyot vaziri ishdan olinmadi. Hech bir amaldor xalqdan kechirim so‘ramadi. Katta va asosiy aybdorlar jazolanmadi. Motam e'lon qilinmadi. Aksincha, bayramga tayyorgarliklar avjida.

Endi bir savol:
19ta boladan bittasi Prezident nevarasi bo‘lganida nima qilinardi? Vaziyat hozirgidek bo‘larmidi?

Menimcha yo‘q. Vazir ham, dori mafiyasi kattalari ham qamalardi. Yetti sulolasi mahallada bosh ko‘tarolmaydigan bo‘lardi. Mol-mulki musodara qilinardi.

Shunday ekan, "xalqim, adolat, tenglik" kabi gaplar minbarda aytilsa, safsataning g‘irt o‘zidir. Eng kamida men uchun!

Rasmdagilar gʻirt tekinxoʻrlar...
2 viewsElyorbekk, 14:39
Ochish/sharhlash
2022-12-28 15:19:11
Сенат 2023 йилги 310 триллионлик давлат бюджети тўғрисида қонунни маъқуллади

Сенатнинг 36-ялпи мажлисида "2023 йил учун Ўзбекистон Республикасининг давлат бюджети тўғрисида"ги қонун кўриб чиқилди.

Мазкур қонун билан 2023 йил учун Ўзбекистон Республикаси консолидациялашган бюджетининг жамланма параметрлари ҳамда 2024–2025 йиллар учун бюджет мўлжаллари белгиланган.

Қонунга кўра, 2023 йилда мамлакат иқтисодиётида ялпи ички маҳсулотнинг ўсиш суръатлари 5,3 фоиз ва истеъмол нархлари индекси 2022 йилнинг декабр ойига нисбатан 9,5 фоиз миқдорида бўлишидан келиб чиқиб, бюджет параметрлари ҳисоб-китоб қилинган. Консолидациялашган бюджетнинг даромадлари 2023 йилда 310,7 трлн сўмни ҳамда харажатлар 343,2 трлн сўмни ташкил этиши кутилмоқда.

Бюджетда таълим соҳаси харажатлари 58,4 трлн сўм, соғлиқни сақлаш соҳасига 28,4 трлн сўм, маданият соҳасига 2,5 трлн сўм, спорт соҳасига 2,3 трлн сўм ва фанни янада ривожлантириш тадбирлари учун 2023 йилда 1,8 трлн сўм йўналтириш белгиланган. Ижтимоий ҳимоя қилишнинг устувор йўналишларини молиялаштириш учун 18,1 трлн сўм ажратилади

@fayzboguz
2 viewsElyorbekk, 12:19
Ochish/sharhlash
2022-12-28 13:01:36
#bugun soat 17:30 da | "Fikrat" tahliliy dasturi

Mavzu: NOSIRXONTO'RA

Ekspertimiz: tarixchi Bahrom Irzayev

Havola

2 viewsElyorbekk, edited  10:01
Ochish/sharhlash
2022-12-28 13:00:48
2022-йилда Ўзбекистон: ютуқлар ва камчиликлар. 2023-йилда нималарга эътибор берилиши керак?
2 viewsElyorbekk, edited  10:00
Ochish/sharhlash
2022-12-28 05:49:56 ДОК-1 МАКС – medu.uz – Дорилар ҳақида маълумотлар ўзбек тилида
https://medu.uz/instruksiya/dok-1-maks/
2 viewsElyorbekk, 02:49
Ochish/sharhlash
2022-12-27 20:40:53 ​​#termin

Jamiyat indoktrinatsiyasi — mamlakat aholisining ommaviy ongini ijtimoiy, mafkuraviy, siyosiy-psixologik jihatdan maʼlum mazmun bilan toʻyintirish, eʼtiqod tizimi koʻrinishida hukumat yoki siyosiy tashkilotga maʼqul va foydali tasvirlar, qarashlar, stereotiplarni singdirish.

Indoktrinatsiya jamiyatning barcha qatlamlarini qamrab oladi, koʻpincha tashqi davlatlarga yoʻnaltiriladi. Siyosiy reklama va tashviqot orqali aholi ongiga kiritilgan siyosiy taʼlimotlarning hammasi ham joʻshqin yoki umuman qatʼiy nomlarga ega emas. Baʼzan ularni jimgina, asta-sekin, koʻzga tashlanmasdan yaratish uchun ataylab nom ham bermaydilar.

Har qanday jamiyatda aholini indoktrinatsiyalash jarayonini aholi oʻrtasida tegishli obrazlar va qoliplarni yaratmasdan, ommaviy ongda muayyan siyosiy hodisalarni qoliplashgan idrok etishning oʻziga xos "madaniyati"ni tarbiyalamasdan turib amalga oshirish mumkin emas. Bu yerda siyosiy reklama va targʻibot alohida oʻrin tutadi.

Indoktrinatsiyaning yana bir maqsadi aholi oʻrtasida konformizmni rivojlantirishdir. Konformizm bilan kasallangan, aholini indoktrinatsiyalash ommaviy ong sohasida hukumatning keyingi manipulyatsiyalariga ozroq darajada bogʻliq. Qoidaga koʻra, konformizm koʻproq darajada kam rivojlangan va kam maʼlumotli aholi guruhlarida namoyon boʻladi. Ular past onglilik va fikrlash, qiziquvchanlik va mustaqil fikrlash jihatlari yoʻqligi bilan ajralib turadi.

Aholini indoktrinatsiyalash orqali ularni boshqaradigan hukumatlatning yana bir maqsadi siyosatni ratsionalizatsiya qilishdir. Siyosatchilar "mudofaa", "xavfsizlik", "internatsionalizm", "milliy kuch", "hokimiyat", "milliy manfaat", "geosiyosiy manfaat" kabi kalit soʻzlarni siyosiy-psixologik indoktrinatsiya mexanizmiga kiritish orqali koʻpincha tajovuzkor, adolatsiz, har doim ham adekvat boʻlmagan siyosiy harakatlarni aholi ongida oqlashga harakat qiladi.
1 viewElyorbekk, 17:40
Ochish/sharhlash