Get Mystery Box with random crypto!

Ha, qaror bilan shunday, lekin amaliyotda o'tiladimi? Buyog'i | Elyor Eshboev

Ha, qaror bilan shunday, lekin amaliyotda o'tiladimi? Buyog'i endi hamma ishlarimizda bo'lgani kabi yana noaniqlik.

Masalan, shu bugungacha bu masalada na bir idora va na Vazirlar Mahkamasi savollarimga aniq javob bermayapti, berolmayapti. Chunki ularning o'zida aniq javob yo'q.

Hukumatdagi o'zgarishlarning maqsadlaridan biri sifatida Vazirlar Mahkamasi va vazirliklarning professionalligi, mustaqil qaror qabul qilishdagi vakolatlarini oshirish ekani aytildi. Ammo gap boshqa, uni ish, amaliyot bilan ko'rsatish boshqa.

Mamlakatda yozuvi masalasidagi bugungi noaniqlik hukumat hamon Prezident administratsiyasi va kuch tuzilmalarining kuchli nazoratida ekani hamda hali beri mustaqil qaror, tashabbus qiluvchi bo'la olmasligini ko'rsatmoqda.

Nazarimda, hukumat o'zi qabul qilib qo'ygan qaror ijrosi uchun ham bugun yuqoridan ruxsat, topshiriq kutmoqda. Eng yomoni o'sha ruxsat tegmasa, qaror bekor bo'lib ketaveradi yoki yana o'n yillarga kechiktiriladi.

Ana bu tizimsizlik, ana bu qo'l boshqaruvi.