Get Mystery Box with random crypto!

#onlayn_tanlovlar Talaba-yoshlarning qishki taʼtil vaqtidag | Elyor Abdugʻaniyev | official

#onlayn_tanlovlar

Talaba-yoshlarning qishki taʼtil vaqtidagi boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida oliy taʼlim muassasalari tomonidan oʻtkazilayotgan onlayn tanlovlar

Chirchiq davlat pedagogika universitetida 14-yanvar “Vatan himoyachilar kuni“ hamda qishki taʼtil munosabati bilan onlayn tanlovlar eʼlon qiladi.

Namangan davlat universiteti tomonidan qishki taʼtilni mazmunli oʻtkazish maqsadida onlayn tanlovlarga start berildi.

Namangan davlat pedagogika institutida talabalar uchun “Kitob oʻqib, kitoblar yutib oling“ mavzusida onlayn tanlovi oʻtkaziladi.

Navoiy davlat pedagogika institutida Axborot-resurs markazi “Adabiyotga oshno qalblar“ nomli krossvordlar tanlovini eʼlon qildi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida 6-18-yanvar kunlari talaba-yoshlar oʻrtasida “Vatanimiz ravnaqiga oʻz hissamizni qoʻshaylik“ shiori ostida onlayn ijodiy ishlar tanloviga start berildi.

Termiz muhandislik texnologiyalari institutida “Qancha shoning bo‘lsa Vatanni koʻtar!“ shiori ostida onlayn ijodiy ishlar tanloviga start berildi.

Urganch davlat universiteti tomonidan 9-11-13-15-yanvar kunlari “Zakovat“ intellektual oʻyini oʻtkaziladi.

“TIQXMMI“ MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutida “Qishki taʼtilda mening bir kunim" videoroliklar tanlovi boʻlib oʻtmoqda.

Toshkent kimyo-texnologiya institutidagi onlayn tadbirlar, musobaqa va loyihalarni bilan mazkur havolada tanishing.

Elyor_Abduganiev.t.me