Get Mystery Box with random crypto!

EP: Buxoroda soxta bilet sotib olgan fuqarolar arzini kimga ay | Eltuz portali

EP: Buxoroda soxta bilet sotib olgan fuqarolar arzini kimga aytsin?

"Assalomu alaykum Eltuz og'a!
Biz sizdak gapga to'n kiydira olmasakda bo'rttirmasdan bo'lgan voqealarni bayon qilib bermoqchimiz, avvalambor sizdan iltimos biror kishi Buxoro viloyati aviakassalaridan imkon boricha chipta sotib olmasin, mabodo sotib olsada o'ynab turgan ko'zlari yorishaman deb turgan homilador kassirdan chipta sotib olmasin.

Biz Buxoro shahar 11 chipta aviakassasidan "Toshkent-Yekaterinburg" yo'nalishi bo'yicha 10-avgust kuniga uch mln sakson ming so'mni naqd sanab berib chipta sotib oldik. Buxorodan endi Toshkentga yo'l olamiz degan edik soat 18:48 da 91-447-55-50 nomerdan "sizlar 11-avgust saxar 4:00 uchasiz" degan SMS xabarni oldik.

10-avgustda borib chiptamizni 11-avgust Buxoro-Yekaterinburg yo'nalishiga almashtirib keldik 11-aeroportida chiptalarini soxta ekanligini aytib bizni samolyotga chiqarishmadi bizga chipta sotgan Naima opani ish o'rnidan topa olmadik. 12-avgustda Buxoro shahar IBB boshqarmasiga murojaat qildik arizalarimizni murojatlar bo'yicha katta inspektor Omon (tel:220-40-50) qabul qilib oldi va sizlarni tergovchi chaqiradi dedi.

Bizlarga 26-avgust kuni Bobur ismli soat 20:00 tel qilib (tergovchi chaqirdimi deb so'radi) deb so'radi. Bizlar yo'q dedik 29-avgust kuni arizamizni natijasini so'rab bordik viloyat IBB boshqarmasida bizning arizamizni Buxoro shahar IIB organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga yuborilganini aytishdi. Biz aytilgan manzilga kelib arizamiz taqdiri bilan qiziqdik. U yerda Alimardon ismli shaxs (tel 919251014) Bizning arizamizni 27-avgustda olganligini biz axtarayotgan ayol bunaqa ishlarni ilgari ham sodir etganligini, hozirgi bayt yosh go'dagi bor ekanligi va shu sababli hech qanday chora ko'ra olmasliklarini va bu ish olti oylab cho'zilishi mumkinligini aytdi. Endi bizga pullarimizni kim qaytaradi?

Buxoro viloyati Shofirkon tumani Jo'yrabod MFY Aslonov Sherali va Barotov Murodjondan"


@eltuzportali - muammolar yechimi!