Get Mystery Box with random crypto!

EP: Karimovning nevarasi “Xalqning puli qayerda?” degan savolg | Eltuz portali

EP: Karimovning nevarasi “Xalqning puli qayerda?” degan savolga javob qaytardi

Marhum prezident Islom Karimovning nevarasi Maryam Tillayeva “Xalqning puli qayerda?” degan savol g‘azabini qo‘zg‘ashini ma’lum qildi. Bu haqda u “TikTok”dagi kuzatuvchilarining shu mazmundagi savoliga javoban gapirgan.
M.Tillayevaga ko‘ra, shaxsiy ehtiyoji uchun kerakli mablag‘ni o‘zi ishlab topadi, badavlat ota-onasining pulidan foydalanmaydi. Kema ijaraga olish, mehmonxonada tunash kabi serhasham dam olishlar esa do‘stlari hisobidan qoplanadi. Sobiq prezident oilasining yosh vakili tez orada qanday pul topishi haqida batafsil ma’lumot e’lon qilishga va’da bergan.
Maryam – Islom Karimovning kenja qizi Lolaning to‘ng‘ich farzandidir. 2021 yil aprel oyida u o‘zidan 13 yosh katta mashhur rossiyalik bloger Amiran Sardarovga turmushga chiqqandi. Ammo keyinroq juftlik ajrashgani xabar qilindi.
36 yoshli Amiran Maryam bilan AQSHda birmuncha vaqt birga yashadi va tarmoq faollari nazarida “provokasion” kadrlar bilan obunachilarni junbushga keltirib turdi. Maryam bilan Amiranning birga tushgan ochiq surati keskin muhokamalarni keltirib chiqardi. Maryamning bu chiqishini onasi, O‘zbekistonning YUNESKOdagi sobiq elchisi Lola Tillayeva izohlashga majbur bo‘ldi. Xususan, u qizining qilmishini yoqtirmaganlarga ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarini kuzatishni bas qilishni tavsiya etdi.
Keyingi paytlarda blogerlik bilan shug‘ullanayotgan Maryamning kuzatuvchilari soni bir necha yuz ming kishiga yetgan. Ko‘p yildan buyon AQSHda yashab kelayotgan ota-onasi – Temur Tillayev va Lola Karimova kattagina boylik hamda AQSH, Shveysariyada hashamatli saroylarga ega ekani aytiladi.


@eltuzportali - muammolar yechimi!