Get Mystery Box with random crypto!

Singapur Universitetida ishga joylashish yarmarkasida barchasi | ELTUZ

Singapur Universitetida ishga joylashish yarmarkasida barchasi o‘ris tilida.

Assalom alaykum “Eltuz” jamoasi, man o‘zim mustaqillik farzandi emasman, yani mustaqillikdan biroz oldin tug‘ilganman va SSSRning ham nonini eganman.

Biroq, hamisha erkin va ozod turpoqda yashash hamma narsadan ustun, deb bilaman. Yozishmalarda atayin, har doim lotin alifbosida yozaman, chunki O‘zbekistonni dunyo hamjamiyati bilan birga bo‘lishi tarafdoriman, faqat o‘rusni punjiga kirib olishini umuman istamayman. Lekin hozirgi kunda mustaqil O‘zbekistonda O‘zbek tilining ahvoli mani ko‘p uylantiradi. Hattoki I Karimov davrida ham O‘zbek tili O‘rus tilining oldida bu darajada xor bo‘lmagan edi. O‘zim O‘rus tilini yaxshi bilaman. Hozirgi kunda dazmolni tokka tiqsayiz ham O‘ruscha gapiradigan ahvolga kelib qoldi. Davlat televideniyasida o‘ruscha ko‘rsatuvlar achib ketdi. O‘rus tili gurkirab yashashi va rivojlanishi uchun o‘zing maydoni yetarli. O’zbekcha o’zining tug’ilib voyaga yetgan yerida nima uchun xor bo’lishi k-k