Get Mystery Box with random crypto!

Sen qaydan bilasan, balki yulduzlar Menga sirlarini so'ylayotg | Marciano

Sen qaydan bilasan, balki yulduzlar
Menga sirlarini so'ylayotgandir.
Sen qaydan bilasan, balki bu ko'zlar
Unsiz bir qo'shiqni kuylayotgandir. 
Sen qaydan bilasan, balki keng olam
Shu mo'jaz qalbimga bo'ylayotgandir.
Sen qaydan bilasan, balki meni ham
Kimdir qaydadir jim o'ylayotgandir...