Get Mystery Box with random crypto!

O'zbekning ishi qiziq... Maktab formasi yana jamoatchilikning | Adolat kuychisi

O'zbekning ishi qiziq...

Maktab formasi yana jamoatchilikning e'tirozi sababli 2025-yilgacha qoldirildi. Qiziq jihati, o'tgan o'quv yilida ham ro'molni orqa tomondan o'rashga ruxsat berilib, saylovdan keyin (har qalay menga shunday tuyildi) yana norasmiy tarzda ro'mollar majburan yechtirilish holatlari uchrab turdi. Vaholanki, o'tgan o'quv yilida ham shaxsan Xalq ta'limi vaziri (u vaqtda Sherzod Shermatov vazir edi) OAV orqali ruxsat bo'lganini e'lon qilgandi. Endi o'ylayapman, referendumdan keyin nima bo'lar ekan...

O'ylashimcha, majburiy forma Xalq ta'limi vazirligining xohishi emas. Vazirlik bundan katta muammolari borligini va uni yechish kerakligini juda yaxshi biladi.

Ham aytamiz, ham qaytamiz uslubi insonlarni ertangi kunga bo'lgan ishonchini so'ndirib qo'yishini rasmiylar o'ta qattiq tushunishlarini so'rab qolar edim.

Jamiyatda, vatanimizda formadan minglarcha muhim masalalar bor, kelinglar, birgalikda shularni hal qilaylik. Yana va yana shu mavzuga to'xtalmaylik, muammo bo'lmasa, bu mavzuga to'xtanilmaydi aslida.