Get Mystery Box with random crypto!

Kutubxona™

Telegram kanalining logotibi elektron_kutubxona — Kutubxona™ K
Telegram kanalining logotibi elektron_kutubxona — Kutubxona™
Kanal manzili: @elektron_kutubxona
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 48.74K
Kanalning ta’rifi

Telegramdagi yetakchi kutubxona kanaliga xush kelibsiz!
🎶 Audio™ | @Audio_Kutubxona_uz
📮Takliflar | @Kutubxona_Elektron_bot
📈 Reklama | @Marketolog1
📩 Instagram.com/Elektron_Kutubxona

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2024-04-07 17:23:59Odamlarning fikri sizning ichki ovozingizni bo'g'ib qo'yishiga yo'l qo'ymang.

Stiv Jobs

Telegram | Instagram | Audiokitob
12.8K views14:23
Ochish/sharhlash
2024-04-07 05:59:06Menga yolg'on gapirganingizdan xafa emasman, endi sizga ishona olmasligimdan xafaman.

Fridrix Nitsshe

Telegram | Instagram | Audiokitob
13.2K views02:59
Ochish/sharhlash
2024-04-06 17:04:26Kichkina bir yaxshilik qilish uchun ham odam (balki buyuk odam) bo‘lish kerak; katta yomonlik qilishga kichik odam ham qodir.

Asqad Muxtor

Telegram | Instagram | Audiokitob
13.7K views14:04
Ochish/sharhlash
2024-04-06 05:59:06Bir kishi soʻrab qoldi:
– Allohni koʻrdingmi?
– Ha.
– Qachon?
– Ayblarimni yashirganida, rizq berganida, dardimga shifo berganida, yedirganida, ichirganida...

Nozimjon Hoshimjon
(Allohning mo‘jizalari) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
12.6K views02:59
Ochish/sharhlash
2024-04-05 23:36:14 "Qadr kechasida ibodat, zikr va duo qilmaslik Allohning rahmatidan yuz o‘girish bo‘ladi..."

@Elektron_Kutubxona
12.6K views20:36
Ochish/sharhlash
2024-04-05 20:01:36 #qadr_kechasi

Qadr kechasini foydali o‘tkazish uchun 27 tavsiya:

1. Kechasi tetik turish uchun peshindan keyin biroz dam oling.

2. Ibodatga xalal bermaslik uchun iftorda ko‘p ovqat yemang.

3. Bu kechani ibodat bilan o‘tkazayotganda tavba qilishga azm qilish.

4. Barcha mo‘minlar va mo‘minalar uchun istig‘for va duoni ko‘paytiring.

5. Butun a’zolaringiz bilan Allohga yuzlaning, hattoki, aqlingiz va qalbingiz U Zotdan boshqasidan uzilsin.

6. Janjal va tortishuvlardan uzoqda bo‘ling, sizning haqqingizni poymol qilganlarni kechiring.

7. Fikringizni bir joyga qo‘yib, ibodat qiling, Qadr kechasida xayol boshqa narsalarda bo‘lib, yuz rakatni tugatib qo‘yishni foydasi yo‘q.

8. Duo va ibodatda ixlosli bo‘lish qalbingiz Allohdan boshqasi bilan mashg‘ul bo‘lib rakatlarni ko‘paytirishdan muhimroq.

9. Qadr kechasida imkon boricha tahoratli bo‘lishga harakat qiling.

10. Duoingiz ijobat bo‘lishiga aniq ishoning. Chunki ijobat bo‘lishiga ishonmaslik duoning orasiga to‘siq paydo qiladi.

11. Alloh duolaringizni qabul qilib, ijobat qilishiga ishonchingiz komil bo‘lsin.

12. Duoda bor vujudingiz bilan yolvorib so‘rang, chunki Alloh azza va jalla yolvorib duo qilgan bandasini yaxshi ko‘radi.

13. Har bir gunohingiz uchun Alloh taologa istig‘for ayting, U Zot sizni afv qilishini so‘rang.

14. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga, U zotning oilalariga ko‘p salovot va salomlar ayting, sahobalarga Allohdan rozilik so‘rang (ya’ni “Roziyallohu anhu” deb aytish).

15. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot aytib ortidan: “Allohumma innaka a’fuvvun, tuhibbul a’fva fa’fu annaa” (ya’ni: “Ey Alloh, albatta Sen gunohlarni afv qiluvchi zotsan, afv qilishni yaxshi ko‘rasan, bizlarni afv et”), duosini ko‘p ayting.

16. Alloh taolo barcha musulmonlarni do‘zaxdan ozod qilishini ko‘p so‘rang.

17. Halol rizqni oson qilib berishini va holatlarni yaxshi tomonga o‘zgartirishini so‘rab duo qilish.

18. O‘tgan ota-onalaringizning haqiga duo qilib, Allohdan gunohlarini kechirishini so‘rang.

19. Duo qilganda ushbu duolarni ham aytish: “Robbanaa hab lanaa min azvajinaa va zurriyaatinaa qurrota a’yun”, (ya’ni, Ey Robbimiz, bizlarga jufti halollarimizdan, farzandalarimizdan ko‘z quvochnchlari ber).

20. Er yoki xotin bir-birining haqiga go‘zal holat, nafs va fikrning rohatini tilab duo qilishi kerak.

21. Sajda qilgan holatingizda ko‘p duo qiling. Chunki bandaning Robbisiga eng yaqin bo‘lgan holati sajda qilgan holatidir.

22. Sajdada uzoq vaqt duo qilib turing. Chunki, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bu haqda shunday deganlar: “Bellaringiz gunohlaringizdan og‘irlashib ketgan. Ularni sajdada uzoq turish bilan yengillatinglar”.

23. Bir soniyani ham zoye ketkazmang, vaqtni g‘animat biling. Chunki, ilohiy rahmat va shabbodalar bu tunda ochik bo‘ladi.

24. Qodir bo‘lganingizcha Qur’on o‘qing.

25. Qadr kechasini ibodat bilan o‘tkazish tong otgunicha davom etadi, o‘sha vaqtda farishtalar osmondan tushib, chiqib turishadi.

26. Alloh taolo sizni bu kechani ibodat bilan o‘tkazishga muvaffaq qilganiga shukrlar ayting, sizdan boshqa qancha-qancha kishilar bu baxtdan bebahra qoldi.

27. Qadr kechasida imkon qadar sadaqa berishni unutmang. Chunki bu kechada qilingan har bir amalning ajri ulug‘.

Ushbu postni maksimal tarqating, hamda boshqalarga ham yaxshilik ulashing.

@Elektron_Kutubxona
15.7K viewsedited  17:01
Ochish/sharhlash
2024-04-05 05:59:06Men sokin odamlarni yaxshi ko'raman. Ular xayolida raqs tushayabdimi yoki dunyoning og’irligini ko'tarib yuribdimi, hech qachon bilolmaysiz.

John Green

Telegram | Instagram | Audiokitob
13.1K views02:59
Ochish/sharhlash
2024-04-04 17:32:08Madaniyatning qanchalik balandligi ayollarga bo'lgan munosabat bilan belgilanadi.

Maksim Gorkiy

Telegram | Instagram | Audiokitob
14.6K views14:32
Ochish/sharhlash
2024-04-04 06:00:24Allohning dargohidan panoh istab kelgan hech bir banda bo‘sh qo‘l bilan ortga qaytmaydi.

Bilol Jivalek
(Dard etma, Sabr et) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
13.6K views03:00
Ochish/sharhlash
2024-04-03 17:07:15Aslida dunyoda sevgisiz insonning o‘zi yo‘q. Shunchaki qalbidagi mudrab yotgan sevgini unutib yuborgan insonlar bor. Uni uyg‘otish lozim..

Bilol Jivalek
(Dard etma, Sabr et) kitobidan

Telegram | Instagram | Audiokitob
14.4K views14:07
Ochish/sharhlash