Get Mystery Box with random crypto!

​Xayolimga kelar goh g‘alat bir gap, Gar uni el aro so‘ylab yu | Kutubxona™

Xayolimga kelar goh g‘alat bir gap,
Gar uni el aro so‘ylab yurmasman.
Bilmadim ne bois, bilmam ne sabab,
Ismimni birovga ravo ko‘rmasman.

Ulug‘ otdoshlarim maqomi yuksak,
Men shogird erurman garchand alarga.
Har nechuk, bir gapni aytmog‘im kerak :
- Oson bo‘lmagan hech ABDULLAlarga !


Abdulla Oripov

Telegram | Instagram | Audiokitob