Get Mystery Box with random crypto!

​Bo‘g‘zimdagi toshni urinsam itqitmoqqa misoli Sizif, Ona, ona | Kutubxona™

Bo‘g‘zimdagi toshni urinsam
itqitmoqqa misoli Sizif,
Ona, ona!.. Kurash so‘ngida
Buloq chiqdi ko‘zimdan sizib.

Eski dunda yangimiz deya,
Ko‘p ovutdik o‘zimiz netong.
Yerni har kun qarshilar oftob,
Nega bizning otmayotir tong?

Chalaverar turmush musht tugib,
Asab otli bizdagi torni.
"Uyqu dori" ichdim yetarli
Uyg‘otguvchi dori ham bormi?


Charos Avazova

Telegram | Instagram | Audiokitob