Get Mystery Box with random crypto!

​Rashkim Seni yotlar tugul hatto — Qilurman rashk o‘zimdan ha | Kutubxona™

Rashkim

Seni yotlar tugul hatto —
Qilurman rashk o‘zimdan ham,
Uzoqroq termulib qolsam
Bo‘lurman g‘ash ko‘zimdan ham.

Ko‘zim yongay senga nargis —
Ko‘zin tiksa chamanlarda,
Yashirmam, lolaga rashkim
Ayon bo‘lgay yuzimdan ham.

Degaylarki, charosu
Ol gilos olmish labingdan rang,
Labing tegsa hasad qilgum
Gilos birlan uzumdan ham.

Seni jonim dedim yolg‘iz,
Seni qalbim dedim tanho,
Chimirding qosh, pushaymonman
Qo‘pol aytgan so‘zimdan ham
...

Erkin Vohidov

Telegram | Instagram | Audiokitob