Get Mystery Box with random crypto!

​Mashrab osilganda qayoqda eding? Cho‘lpon otilganda qayoqda e | Kutubxona™

Mashrab osilganda qayoqda eding?
Cho‘lpon otilganda qayoqda eding?
Surishtirganmiding Qodiriyni yo
Qalqon bo‘lganmiding kelganda balo?
Hukmlar o‘qulur sening nomingdan,
Tarixlar to‘qulur sening nomingdan.
Nimasan? Qandayin sehrli kuchsan?
Nechun tomoshaga bunchalar o‘chsan?
Qarshingda hasratli o‘yga tolaman,
Qachon xalq bo‘lasan, ey sen, olomon?!


Abdulla Oripov

Telegram | Instagram | Audiokitob