Get Mystery Box with random crypto!

​Ko'nglimni cho'ktirdi ko'ngilsizliklar, Ko'ngilga yaqin bir k | Kutubxona™

Ko'nglimni cho'ktirdi ko'ngilsizliklar,
Ko'ngilga yaqin bir ko'ngil izladim.
Ko'nglimni ozdirdi ko'ngilbozliklar,
Uzmadim, Ko'ngildan ko'ngil uzmadim.

Ko'ngilni koptokday o'ynaydi hayot,
Ezilib-ezilib singan ko'ngilman.
Ko'ngil o'yinini qo'ymaydi hayot,
Ko'nmagan ko'ngilman, ko'ngan ko'ngilman.

Bu dunyo aslı bir ko'ngilzor edi,
Ko'ngilni ko'ngildan kechirmaganlar.
Nahotki sizda ham ko'ngil bor edi
Ko'nglimni ko'zini ochirmaganlar
?!..

Behzod Fazliddin

@Elektron_Kutubxona - siz kutgan sahifa!