Get Mystery Box with random crypto!

Shomurodovni Turkiyada kutishyaptimi? O‘zbekiston terma jamoa | ELDOR SHOMURODOV🇺🇿

Shomurodovni Turkiyada kutishyaptimi?

O‘zbekiston terma jamoasi sardoriga “Galatasaroy”dan qiziqish bor, deya bong urmoqda turk nashrlari. Qayd etilishicha, Istanbul klubining yangi texnik direktori “Roma” forvardini jamoaga olib kelmoqchi.

To‘liq transfer imkonsizdek tuyulmoqda, kelishuv amalga oshsa ham katta ehtimol bilan futbolchi ijara asosida Istanbulga yoʻl olishi mumkin.

Rimliklar safida yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lolmayotgan Eldor uchun bu yaxshi variant bo‘lishi mumkin. Biroq legionerlar makoniga aylangan “Galatasaroy”da ham asosiy tarkibdan joy olish oson vazifa emas.

Kuzatishdan boshqa ilojimiz yoʻq hozircha...

@SHomurodovTM

"ELDOR SHOMURODOV"ning O'zbekistondagi eng katta rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/LPDKPnGBxSU0N2Ey