Get Mystery Box with random crypto!

Hojimat Erkinov faoliyatini 'Torpedo Moskva'da davom ettiradi. | 🇺🇿ELDOR SHOMURODOV

Hojimat Erkinov faoliyatini "Torpedo Moskva"da davom ettiradi.

Yarim himoyachi Hojimat Erkinov Rossiya klubiga transfer qilindi.


"Paxtakor" futbol klubi tarbiyalanuvchisi sanalgan Erkinov Moskvaning "Torpedo" klubiga transfer qilindi. U hozirgacha jamoamiz safida barcha musobaqalarda 60 o‘yinda 10 gol muallifiga aylangandi. Yosh bo‘lishiga qaramay, Hojimat "sherlar" safida O‘zbekiston chempioniga aylanib, O‘zbekiston Kubogi va Superkubogida zafar quchishga muvaffaq bo‘lgan. "Paxtakor"ning yana bir tarbiyalanuvchisi Rossiya premyer-ligasiga yo‘l olgani jamoamizda yoshlar bilan ishlash to‘g‘ri yo‘lda ekanini ko‘rsatadi. Ayni paytda Rossiyada o‘ynayotgan Ibrohimhalil Yo‘ldoshev va Oston O‘runov ham "Paxtakor" akademiyasida futbol saboqlarini olgan.

Biz Erkinovga "Torpedo"dagi faoliyati omadli chiqishini tilaymiz!

"Paxtakor" matbuot xizmati.

@SHomurodovTM

"ELDOR SHOMURODOV"ning O'zbekistondagi eng katta rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/LPDKPnGBxSU0N2Ey