Get Mystery Box with random crypto!

Forwarded from Sulaymon NE'MATOV Doim kanalda nimadir yozmoqc | Eldor Karimov

Forwarded from Sulaymon NE'MATOV

Doim kanalda nimadir yozmoqchi bo'laman, biroq, vaqtim bo'lmay qoladi. Vaqt bo'lganda hafsala topilmay qoladi. Hammasi topilganda konkret va o'zimga ma'qul mavzu xayolda bo'lmaydi. Hechqisi yo'q, kanalni boshidayoq eslatib o'tganman, kanal ixtiyoriy-majburiy ochilgan.

Bugun esa umuman boshqa bir mavzu borasida klavishlarni turtib o'tgim keldi.

Bir inson bilan yaqinda tanishganman. O'zi mendan yosh lekin, ustozim deydigan darajada. Zamonaviy bilimlari va tushunchalari teran shu bilan birga, milliy va diniy qadriyatlarda ham mustahkam. U bilan yaqindan tanishib borgan sari bu narsalar unga otasidan o'tganini bilib bordim. Buni uning yoshligi, oilasi, ota-onasi haqidagi hikoyalaridan xulosa qilganman.

Hatto otasi haqidagi ba'zi voqealarni eshitib, g'oibona hurmatim hosil bo'lgan va qachondir u kishi bilan ham tanishib, suhbatlashish nasib qilib qolar degan o'ylar ichimdan o'tganini yashirmayman(Chunki otalari boshqa davlatda edilar).

Bugun esa bir haftacha ilgari o'sha inson - do'stim va ustozimning otalari vafot etganlari haqida eshitdim...

Bu xabar menga-ki shunday ta'sir qildi.. Do'stimning o'ziga qanday ta'sir qilganini faqat tasavvur qilishgina mumkin.

Yaqinda bir ziyoli akamiz yoshliklaridagi xotiralarini eslab, otalarini so'nggi manzilga kuzatganlarini yozganlarida o'zlaridan ham ko'ra ko'proq opalarini ahvollariga achinganlarini aytgan edilar. Chunki opalari otalari bilan hayotda ko'proq birga bo'lgan, mehrlarini tuygan va so'nggi manzilning oxirigacha kuzatolmagan..

Xullas bularni nimaga yozayotganimni ham aniq bilmayman. Yaqinlarni g'animat biling, yoki bir olim aytganidek shunday yashangki, kelganingizda siz yig'lagan boshqalar xursand bo'lganidek ketganingizda siz xursand, boshqalar mahzun bo'lsin kabi yoki umuman boshqacha hikmat olsa bo'lar.

Do'stimga esa hayotda buyog'iga ham har tomonlama yuksalishi, hozirgidan ham ko'ra ko'proq odamlarga manfaat yetkazadigan bo'lishini tilab qolaman. Zero hadisda aytilganidek inson vafotidan so'ng undan uzilmaydigan amallardan biri bu solih farzanddir.