Get Mystery Box with random crypto!

​Tanishing, bu yigitning ismi Oleg. Bugun ishlab o'tirgan pay | Eldor Karimov

Tanishing, bu yigitning ismi Oleg.

Bugun ishlab o'tirgan paytimiz oldimizga bir yigit kelib, "Juda koʻp joyda ishlab onamni tu'g'ilgan kunlari uchun pul yig'dim. Lekin biroz yetmayapti. Biror yumushingiz bo'lsa qilaman", deb aytdi.

Kel, deb pul yig'ib bermoqchi edik, shundayligicha ololmayman deb aytdi. To'g'risi qoyil qoldik. Keyin ingliz tilidan 23ta so'z yodlashga shart qo'ydik. Bola darrov rozi bo'ldi. 5-6 martta topshira olmay qayta tayyorlandi, tayyorlandi. Oxiri do'stim Ibrohim bilan imtihon oldik. Imtihondan o'tdi, +23 ta so'z yodlandi.